Hamza Abdi Barre
Hamza Abdi Barre (somalicha: Xamse Cabdi BarreXamse Cabdi Barre, arabcha: حمزة عبد بري) hozirda Somali Federal Hukumatida Bosh Vazir vazifasini oʻtayotgan siyosatchi. U 2022-yil 15-iyunda Prezident Hassan Sheikh Mohamud tomonidan nomzod sifatida taklif etilgan va 2022-yil 25-iyunda parlament tomonidan tasdiqlangan. Hamza shuningdek 2021-yil 28-dekabrda Somali Federal parlamenti Xalq palatasiga saylangan parlament aʼzosi.
Hayotining boshlangʻich davri va oʻqishi
Hamza pastki Jubadagi Kismayo shahrida , Darod urugʻining Ogaden filialida tugʻilgan.
Hamza boshlangʻich taʼlimni oʻz davlatida tugatgan va 2001-yilda Yamandagi University of Science and Technology universitetida bakalavr diplomini yoqlagan. 2003-yildan 2004-yilgacha Hamza Mogadishudagi xususiy maktab ijrochi direktori boʻlgan. 2005-yil avgustda u Kismayo University yaratuvchilaridan biri boʻlgan. U 2009-yilda Malayziyadagi Xalqaro Islom Universitetida Magistrlik diplomini yoqlaydi. Magistrlik diplomini yoqlagandan soʻng va siyosiy karyerasini boshlashidan oldin u juda koʻp yillarni Kismayo va Mogadishuda oʻqituvchi boʻlib oʻtkazadi.
Siyosiy karyerasi
Barre uzoq vaqtdan beri Tinchlik va taraqqiyot uchun ittifoq partiyasining tarafdori boʻlgan va federal hukumat idoralarida turli lavozimlarda ishlagan.
2014-yildan 2015-yilgacha Barre Banaadir viloyati gubernatori va keyinchalik Mogadishu meri Hassan Mohamed Husseinning maʼmuriy maslahatchisi boʻlib ishlagan. Barre shuningdek Konstitutsiyaviy ishlar va federal vazirligining katta maslahatchisi boʻlib ishlagan. U Bosh Vazir boʻlishidan oldin prezident Mohamud boshchiligidagi Tinchlik va taraqqiyot partiyasi bosh kotibi (2011-2017-yillar) va prezident Mohamed Abdullahi Mohamed boshchiligidagi Jubbaland saylov komissiyasi raisi (2019-2020-yillar) kabi yuqori siyosiy lavozimlarda ishlagan. 2022-yil 26-iyundan beri Barre Prezident Mohamud bilan yonma yon Somalining Bosh Vaziri sifatida ishlab kelmoqda.
Manbalar
uz.wikipedia.org