Hamukat




Jamukat , Hamukat — Yettisuvda, Talas daryosining soʻl tomonida sugʻdlar qurgan shahar (6-asr). Narshaxiynit "Buxoro tarixi"da: "Buxoroliklar... Turkiston va Taroz yaqinida bir shahar bino qilib, uni Hamukat deb atadilar, chunki Buxorodan qochib ketgan toifaning raisi boʻlmish bir katta dehqonning nomi Hamuk edi; "Hamuk" deb, Buxoro tilida gavharga aytiladi, "ket" esa — shahar, yaʼni Hamukat "Hamuk — gavharning shahari" demakdir. Buxoro tilida katta odamni "hamuk", yaʼni falonchi gavhar deydilar", deb yozilgan. Keyingi asrlarda shahar yanada taraqqiy etgan. Arab geografi Muqaddasiy J.ni Isfijob (Sayram) viloyati shaharlari roʻyxatida koʻrsatib: "J. qalʼasi va jome masjidi, devor bilan oʻralgan rabodida bozorlari boʻlgan kattagina shahar edi", deb yozadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz