Hamroqulqori Muhammadrasul o‘g‘li To‘raqulov




Hamroqulqori Muhammadrasul oʻgʻli Toʻraqulov (1872 — hozirgi Beshariq tumani Shoberdi qishlogʻi — 1943; 1967-yil Beshariqqa qayta dafn etilgan) — hofiz, sozanda (dutor); Qoʻqon (Beshariq) hofizlik maktabining yirik vakili, Fargʻona — Toshkent mumtoz musiqa yoʻllarining bilim-doni. Jarangdor, oʻtkir, kuchli va shirador tenor ovozi sohibi. Dastlab Toʻraqul bobosidan dutor, otasidan doira chalish koʻnikmalarini oʻzlashtirgan. Keyinchalik Xoliqqori (Xol-qori)dan qiroat hamda xonandalikni, margʻilonlik Matxoliq hofizdan esa mumtoz ashula namunalarini oʻzlashtirgan. Fargʻona vodiysi va Toshkentda xalq sayillari, "bozori shab"larda qatnashib shuhrat qozongan. Reper-tuaridan mumtoz va zamonaviy ashu-lalar, ayniqsa, Navoiy, Miskin. Xislat, Muqimiy, Haziniy, Furqat, Fazliy, Qoriy, Kamiy, Xurshid, Charxiy sheʼrlariga, shuningdek oʻzi toʻqigan gʻazallarga aytgan katta ashula namunalari keng oʻrin olgan ("Inna fatahno", "YO hayot an-nabi", "Bevafo dunyo", "Xarob etma", "Suvora". "Chaman bezandi", "Bu gul-shan", "Yovvoyi Ushshoq", "Muncha ham", "Bir kelsun", "Ey, dilbari jo-nonim" va boshqalar). Ayniqsa, "Patnus Ush-shogʻi" bilan shuhrat qozongan. 1900-yillarda "Pishushiy Amur" (Riga) firmasi tomonidan H. ijrosidagi ashu-lalarni grammofon plastinkalariga yozib olingan.

H. ijro anʼanalarini ʼ.Rajabov, J.Sultonov, A. Haydarov, M.Uzoqov, B. Mirzayev, R.Mamadaliyev, T. Karimov, Sh.Boyqoʻziyev, M.Ahmedov kabi xonan-dalar davom ettirishgan.



uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz