Hamroqulov Nuriddin




Nuriddin Hamroqulov (1946-yil 18-iyun, Andijon — 2023-yil 1-avgust) — xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1987). Jarangdor, lirik ovoz sohibi.

Faoliyati



Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida taʼlim olgan (1971—1973). Ijodiy faoliyatini Andijon teatridan boshlab (1967 — 1973), Haydar („Nurxon“), Ravshan („Ravshan va Zulxumor“) kabi obrazlarni yaratgan. Anʼanaviy va zamonaviy xonandalik yoʻllarini Oʻ.Nuraliyev, Tursunboy Qodirovlardan oʻrgangan. Andijon viloyati filarmoniyasida yakkaxon xonanda (1983—1993). Keyinchalik, asosan, konsert ijrochiligi bilan shu-gʻullangan. Repertuaridagi mumtoz („Samarqand Ushshogʻi“, „Toshkent Irogʻi“), zamonaviy bastakorlar ashulalari („Talqinroz“, „Oq qush“, R.Yusupov va boshqalar) hamda oʻzi bastalagan („Olamni saqlang“, „Raʼno“, „Soy koʻrdim“, „Shirinliging“, „Kuldi bahorim“ kabi) qoʻshiqlari taʼsirchan va yoqimli. Yevropa va Osiyo mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi fonotekasi, gramplastinka (1968, 1971, 1972) va kompakt disklarga yozilgan.

Xonanda 2023-yilning 1-avgust sanasida vafot etdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz