Hamro polvon Shodiyev




Hamro polvon Shodiyev (1892, Romitan tumanidagi Rabotarak qish-logʻi — 1942.4.8, Buxoro) — Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat rahbarlaridan biri, polvon. Yoshligidan boshlab polvon sifatida nom chiqargan, buxorocha kurashning mohir ustasi hisoblangan. S. Ayniyning yozishicha, Hamro polvon Shodiyev Buxoroda oʻtkazilgan Guli surx sayli — Navroʻz bayramida barcha raqiblari kuragini yerga tekkizib, Buxoro amirligining bosh polvoni deb topilgan (1911-yil mart). U keyinchalik yuzboshi unvoniga sazovor boʻlib, Amir Said Olimxon saroyida xizmat qilgan.

Buxoro bosqinipan soʻng Hamro polvon Shodiyev boshchiligidagi harbiy toʻda Buxoro va uning atrofida qizil askarlarga qarshi kurashgan (1920 — 23). Soʻngra u qurolli kurashni toʻxtatgan va tinch hayotga qaytgan (1924).

20-asrning 20|-yillari oʻrtalaridan boshlab BuxorO vohasidagi Jilvon mavzesini oʻzlavdtirishga kirishgan. Sovet rejimi tomonidan u 3-marta qamoqqa olingan. Buxoroning Gʻoziyon madrasasida maxsus qamoqxonada ochlikdan vafot etgan. 1992-yil 30-martda oqlangan. Xoki Shofirkon tumanidagi Oqmozor qabristoniga qayta dafn etilgan (2004-yil may). Hamro polvon Shodiyev faoliyati haqida yozuvchi Dilshod Rajab "Jil-von oʻgʻloni" tarixiy essesini yozgan (2001). Shofirkon tumani Jilvon mavzesidagi oʻzi asos solgan qishloqqa Hamro polvon Shodiyev nomi berilgan. Har yili bu yerda Hamro polvon Shodiyev xotirasiga atab respublika miqyosida yosh kurashchilar musobaqasi muntazam oʻtkazilmoqda.

Adabiyot




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz