HAMO’IL




Hamoʻil  — tumorlar, munchoqlar. Sinonimlari xurz (ko‘pligi axroz), hamayya, hafiz,
uza, maʼaza, nusxa, tilsam yoxud tilasm (yunonchadan) va boshqalar. Ilohiyotchilar doim Hamoʻildan
foydalanishni qoralaganlar, lekin xalq orasida u keng tarqalgan; Hamoʻilni odatda darvish va
duoxonlar tayyorlashgan. Hamoʻil varaqacha yoki yozuvi, belgilari va suratlari bor bir necha
varaqdan iborat bo‘lgan; Hamoʻil sifatida tasodifan topib olingan (chig‘anoqlar, toshlar,
suyaklar) yoki maxsus yasalgan, baʼzan qimmatbaho kichik narsalardan ham
foydalanganlar; predmetlarning ko‘pincha yozuvlari va tasvirlari bo‘lgan. Hamoʻilni medalon,
quticha, hamyonchaga solib olishgan yoxud teri, mato va boshqalardan tikilgan xaltachaga tikib
olishgan va boshqalar; ularning hajmi va shakli turlicha bo‘lgan. Tumor va munchoqlarga
Allohning ismlari (99 ta go‘zal ism), farishtalarning ismlari (Mikoil, Jabroil, Azroil, Isrofil;
juft va g‘aroyib eshitiladigan: Qaytar-Maytar, Tolix-Ilix, Kintosh-Yaqintosh, XorutMorut), „etti uxlovchi“ va Qur’ondan oyatlar (ayniqsa 1 sura; 2:255/256; 9:129/130;
113 sura; 36-suradan parchalar), astrologik ramzlar (zodiak belgilari), sirli yozuvlar
(xalqachalar, gajaklar, naqshlar, kichik „oy“ va „toj“ tasviri bilan birgalikdagi yahudiy va
boshqalar alifboning buzilgan harflari)ni yozishgan. Oʻrta asrlarda arab tilida tumorlar va
munchoqlarning sehrli xususiyati, ularni yomon ko‘zdan asrashi, ilon, chayon
chaqishidan, tabiiy ofatdan asrashi va boshqalar haqida ko‘p asarlar yozilgan. Tumor va
munchoqlarning kashf etilishi va tayyorlash usulini Odamato, Sulaymon podshoh,
Balinas al-Hakim, Jirmis al-Musallis nomlari bilan bog‘laydilar (yana q. Sehr).

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz