HammAli & Navai




HammAli & Navai - qoʻshiqchilar Aleksandr Gromov (tugʻilganida Aliev boʻlgan) va Navai Bakirov dan iborat rus rep duet jamoasi.

Tarix



2016-yil 29-iyunda „Den v kalendare“ birinchi qoʻshma qoʻshigʻini yozish paytida tashkil etilgan. Duetning ikkala aʼzosi ham etnik ozarbayjonlardir.

2017-yil yanvar oyida ikkita qoʻshma duet treklar, yaʼni „Letat ne xochu“ va „Lyubov-prostuda“ studiya variantida yozildi. Bir oydan kamroq vaqt oʻtgach, duet „Ti moya ximiya“ qoʻshigʻini chiqardilar va bir oy oʻtgach, „Pamyat ne razrushit“ singlining premyerasi boʻlib oʻtdi.

2017-yil 19-aprelda Bahh Tee bilan birga yozilgan „Vmeste letat“ treki chiqdi. Oʻsha yilning may oyida duet „Privet, nu kak ti tam voobщe?“ qoʻshigʻini chiqardi. 16-iyun kuni „Fari-Tumani“ treki nashr etildi. 4-iyul kuni Jozzy bilan birgalikda „Zakrivayu glaza“ treki chiqdi.

2018-yilda „Xochesh, ya k tebe priedu“ treki taqdim etildi, buning uchun keyinchalik klip taqdim etildi, Nastya Ivleeva videoda rol oʻynadi. 2018-yil 9-mart kuni JANAVI debyut studiyaviy albomining premyerasi boʻlib oʻtdi, bu BOOM raqamli platformaning bergan maʼlumotlariga koʻra 2018-yilda eng koʻp eshitilgan albomiga aylandi. Xitga aylangan „Pustite menya na tanspol“ qoʻshigʻi uchun (Sound (2-oʻrin), Mooscle (2-oʻrin), Youtube (5-oʻrin) va h.k. chartlariga kirdi), reper Kievstoner va bloger Masha Minogarova rol oʻynagan video suratga olindi. 26-noyabrda „JANAVI: Autotomy“ albomi chiqdi.

2020 va 2021-yil boshida sanʼatkorlar tijorat jihatdan muvaffaqiyatli kompozitsiyalarni chiqarishni davom ettirdilar, biroq ayni paytda yakkaxon ijodga eʼtibor qaratila boshlandi. Shunday qilib, 2020-yil oxirida HammAli Mari Krimberi bilan qoʻshma trekni chiqaradi. Uning duetdoshi hamda jamoasining aʼzosi boʻlgan Navai esa 2020-yilda butun bir qator singllarni yozib olishga muvaffaq boʻladi.

2021-yil 4-martda guruhning solistlari jamoaning parchalanishi va yakkaxon ish boshlanishini eʼlon qilishdi. Biroq, 2021-yilning yozida ular yana qoʻshma treklarni chiqarishni davom ettirdilar.

Diskografiya




Albomlar




Yakkaxon albom

Singllar




Yakkaxon singllar

Boshqa xonandalar albomlarida ishtirok etish

Video kliplar




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz