Hamish Watson
Hamish John Sanders Watson (talaffuzi: Hamish Jon Sanders Uotson) (1993-yil 17-aprelda tugʻilgan) — yangi zelandiyalik futbolchi. Hamish Watson Milliy Premer-liga vakili „Dandenong Thunder“ futbol jamoasida markaziy hujumchi sifatida oʻynaydi.
Hamish Watson futbolchilik faoliyati davomida avval „Lower Hutt City“, „Hawke's Bay United“, „Grimsby Town“, „Wellington Phoenix“ va „Team Wellington“ futbol jamoalarida oʻynagan.
Faoliyati
Hamish Watson oʻzining futbolchilik faoliyatini 4 yoshida „Lower Hutt City“ futbol klubi safida boshlagan. 2013-yil 10-oktabrda Hamish Watson „Wellington Phoenix“ futbol klubi bilan bir haftalik shartnoma imzoladi. 2014-yil 5-fevralda Hamish Watson 2013—2014-yilgi mavsum uchun A-liga vakili „Wellington Phoenix“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.
2014-yil 23-aprelda Hamish Watson „Wairarapa United“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻz klubi safida ilk oʻyinin oʻtkazdi.
2014-yil 25-oktyabrda Hamish Watson Angliyaga koʻchib oʻtdi. Shundan soʻng, Hamish Watson yangi klub bilan shartnoma tuzishga harakat qilish uchun Premyer Konferensiya vakili „Grimsby Town“ futbol klubi bilan mashgʻulot oʻtkazdi. 2014-yilning 20-noyabrida Hamish Watson „Grimsby Town“ futbol klubi bilan yanvargacha amal qiladigan qisqa muddatli shartnoma imzoladi. 2015-yil 26-fevralda Hamish Watson „Gainsborough Trinity“ futbol klubi jamoasiga bir oylik ijara shartnomasi asosida qo‘shildi. 2015-yil 20-mayda Hamish Watson „Grimsby Town“ futbol klubini tark etdi.
2015-yil 30-iyun kuni Hamish Watson yana Markaziy Premyer liga vakili "Wairarapa United” futbol klubi jamoasiga qo‘shildi.
2016-yil fevral oyida Hamish Watson „Wellington Phoenix“ futbol klubi safiga (Roy Krishnaning jarohati tufayli) qoʻshildi. Muvaffaqiyatli ijara muddatidan soʻng, mavsum oxirida Hamish Watson klub bilan bir yillik professional shartnoma imzoladi.
2018-yil 24-yanvarda Hamish Watson „Wellington Phoenix“ futbol klubi bilan xayrlashishga rozi boʻldi.
Bundan soʻng, Hamish Watson Avstraliyaga koʻchib oʻtdi va Milliy Premyer liga vakili „Melbourne Knights“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. 2019-yil 12-iyun kuni Hamish Watson 2019-yilgi FFA kubogi saralash bosqichining so‘nggi turida raqibi „South Melbourne“ futbol klubiga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi. Bu natija bilan Hamish Watson jamoasining keyingi bosqichiga chiqishiga yordam berdi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org