Hamidxo‘jayev Yunusxo‘ja




Hamidxo‘jayev Yunusxo‘ja — 1886-yili Asaka rayoni Qo‘ng‘irot qishlog‘ida tug‘ilgan, 1933-yili quloq qilingan. 1934-yili paxta ekish bo‘yicha topshiriqni bajarmagani uchun 1 yilga surgun qilingan. Hibsga olingunga qadar kolxoz a’zosi bo‘lgan.
Aksilinqilobiy, isyonchi, millatchi, diniy tashkilot ishtirokchilari bilan yaqindan bog‘lanib, uning ishida faol qatnashganlikda, aholi orasida doimiy ravishda aksilinqilobiy, mag‘lubiyatchilik, antikolxoz targ‘ibot olib borganlikda, kolxozchilarni kolxozda ishlamaslikka tashviqot qilganlikda ayblangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz