Hamidulla Karomatov
Hamidulla Saʼdullayevich Karomatov (14-sentyabr, 1953-yil, Buxoro) — oʻzbek diplomati, filolgiya fanlar doktori, professor. 2008-2011-yillarda O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi. 2008-2009-yillarda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Biografiya
1953-yil 14-sentyabrda Buxoro shahrida tugʻilgan.
1976-yilda Toshkent davlat universitetining sharq mamlakatlari tarixi fakultetini tamomlagan. Filologiya fanlari doktori ilmiy darajasiga ega. Ingliz, arab va fors tillarini biladi.
1976-1978 — Liviyada arab tili tarjimoni.
1978-1979 — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sanʼat tarixi instituti ilmiy xodimi.
1979-1983 — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti ilmiy xodimi.
1983-1985 — Iroqdagi arab tili tarjimoni.
1985-1988 — V.P. Chkalov Nomidagi Toshkent Aviatsiya Ishlab Chiqarish Birlashmasi muhandisi.
1988-1995 — Toshkent davlat universitetida turli lavozimlarda.
1995-1998 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining masʼul xodimi.
1998-1998 — Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari
1998-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari.
1999-2003 — Toshkent islom universiteti rektori.
2003-2005 — O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi.
2005-2008 — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori.
2008-2009 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari.
2009-2011 — O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi.
Oilasi
Otasi Saʼdulla Karomatov — jurnalist, yozuvchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.
Manbalar
uz.wikipedia.org