Hamidulla Ikromov




Ikromov Hamidulla Ikromovich (1909.11.11 — Toshkent — 1964.14.4) — teatr rassomi, Oʻzbekiston xalq rassomi (1950). Iskandar Ikromovning ukasi. Toshkent led. texnikumini tugatgan (1929). Oʻzbekiston sanʼat muzeyi qoshidagi badiiy studiyada taʼlim olgan (1925-29). 1931-yil dan Hamza teatrida ishlagan. Nozim Hikmatning "Turkiya haqida hikoya" (1953), R. Tagor romani asosida tayyorlangan "Gang daryosining qizi" (1956), Hamzaning "Paran-ji sirlari" pyesasi asosida tayyorlangan "Xolisxon" (1956), Muhammad Dib romani asosida tayyorlangan "Jazoir — mening Vatanim" (1957), M. Shayx-zodaning "Mirzo Ulugbek" (1961), I. Sultonning "Nomaʼlum kishi" (1963) pyesalari asosida tayyorlangan spek-takllarga asar mazmunini toʻla ochishga xizmat qiladigan dekoratsiya eskizlari yaratgan. M. Gorkiy nomidagi rus drama teatrining ayrim spektakllariga ham (mas, Hamzaning "Paranji sirlari", 1956) sahna bezaklari ishlagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz