Hamidulla Hasanov




Hasanov Hamidulla (1919.19.01 -Toshkent — 1985.22.05) — geograf olim."O'zbek Magellan"i deya e'tirof etiladi.O‘zbekiston Milliy Universiteti Geografiya kafedrasidagi Relyefli globus muallifi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), geogr. fanlari dok-tori (1968), professor (1970). Oʻrta Osiyo davlat universiteti geol.-tuproqshunoslik-geografiya fakultetining geogr. boʻlimini tugatgan (1941). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—46). "Qizil Oʻzbekiston" gaz.da adabiy xodim (1946—47), Oʻzbekiston Ped. fanlari ilmiy tad-qiqot institutida geograf-metodist (1948—50). 1954-yildan Toshkent Davlat Universiteti geogra-fiya fakulteti dotsenti, 1968—70 yillarda fakultet dekani, 1970-yildan tabiiy geogr. kafedrasi professor, 1983 — 85 yillarda tabiiy geogr. kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari "Oʻrta Osiyo olimlarining geografik merosi", Oʻrta Osiyo toponimiyasi, geogr. tarixi, trans-kripsiya, terminologiya, dunyo tabiiy geogr.si, geogr. oʻqitish metodikasi, ilmiy asarlar tarjimasiga bagʻishlangan. Koʻpgina mamlakatlar (Afgʻoniston, Hindiston, Myanma, Yaponiya, AQSH, Yevropa mamlakatlari va boshqalar)ga sayohat qilgan. Toshkentdagi koʻcha va maktablardan biri H. nomi bilan ataladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz