Hamidov Husniddin
Hamidov Husniddin (1935-yil 5-yanvar, Chimboy tumani — 2019-yil 5-noyabr) — qoraqalpoq tilshunosi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), filologiya fanlari doktori (1990). Qoraqalpogʻiston pedagogika instituti rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1955).
Hayoti
Husniddin Hamidov 1935-yili 1-mayda Chimboy tumanida tugʻilgan. 1955-yilda ikki yillik oʻqituvchilar institutini tamomlab, Chimboy tumanidagi oʻrta maktabda oʻqituvchilikdan mehnat faoliyatini boshlagan. 1955—1959-yillarda Chimboy viloyatida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
1960-yildan O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining N. Dovqorayev nomidagi Til va adabiyot institutida kichik ilmiy xodim, so‘ngra katta ilmiy xodim (1960-1971; 1983-1986), 1971-yilda Sharq qoʻlyozmalari boʻlimi mudiri lavozimida, 1989-yilda Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq tili tarixi, dialektologiyasi va qo‘lyozmalari kafedrasi mudiri boʻlib faoliyat yuritgan.
1967-yilda nomzodlik, 1990-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1994-yilda muxbir aʼzo, 2000-yilda esa Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib saylangan.
1995-yilda „Vatan taraqqiyoti“ partiyasidan Oliy Majlisning birinchi chaqiriq deputati boʻlgan. Husniddin Hamidovning ilmiy ishlari asosan qoraqalpoq tilining tarixiga — uning tarixiy leksikologiyasi, grammatikasi, soʻz yasalishi masalalariga bagʻishlangan. U shuningdek, Sharq qoʻlyozmalarini toʻplash, izoxlash va nashrga tayyorlash ishlari bilan ham shugʻullanib keladi.
Ilmiy faoliyati
Hamidovning ilmiy ishlari, asosan, qoraqalpoq tilining tarixi, uning tarixiy leksikologiyasi, grammatikasi, soʻz yasalishi masalalariga bagʻishlangan. U quyidagi asarlar muallifi:
„Qoraqalpoq tili tarixidan ocherklar“;
„Eski qoraqalpoq tilining yozma yodgorliklari“;
„Berdaq qo‘lyozmalari meʼrosi“.
Mukofotlari
1993-yilda Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi unvonini olgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org