HAMIDOV ABDUSALOM
HAMIDOV ABDUSALOM (1885-Buxoro—1940) — kandakor usta. Buxoro Kandakorlik maktabining yirik vakili. Hamidov an’anaviy naqsh mujassamotiga yangi ramz va ohanglarni olib kirgan; yulduz, gerb, bug’doy boshog’i, g’o’za chanog’i, odam tasvirlari va boshqalar. Hamidov ko’plab shogirdlar tayyorlagan (shogirdlari orasida o’g’li Salimjon Hamidov ham bor). Hamidov ishlaridan namunalar respublika muzeylarida saqlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz