Hamidjon Olimov




Hamidjon Olimov (1948.2.12, Oxunboboyev tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Fargʻona pedagogika institutini tugatgan (1972). 1966— 76 yillarda va 1994-yildan Oxunboboyev tumanidagi 8-maktabda toʻgarak rahbari, matematika oʻqituvchisi, 1976—94 yillarda 13-maktabda ilmiy boʻlim mudiri va mat. oʻqituvchisi. Ish faoliyati davomida oʻquvchilarni ixtirochilikka oʻrgatdi, maktabda mat. boʻyicha namunali fan xonasi tashkil etib, uni turli oʻquv qoʻllanmalari va koʻrgazmali qurollar bilan boyitdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz