Hamidjon Neʼmatov




Hamidjon Xalikovich Neʼmatov  — Oʻzbekistonlik huquqshunos va davlat arbobi, 2009-yil avgustdan 2011-yil 5-noyabrgacha Fargʻona viloyati Hokimi boʻlib ishlagan.

Biografiyasi



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshligʻi, Fargʻona viloyati prokurori va Oʻzbekiston Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2009-yil avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Fargʻona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 2010-yil 19-yanvarda u lavozimiga tasdiqlandi. 2011-yil 5-noyabrda u viloyat deputatlari Kengashi tomonidan lavozimidan chetlashtirildi. 2011-yil 5-noyabrdan Hamidjon Neʼmatovning oʻrnini Shuhrat Gʻaniev egalladi.

Mukofotlari



Hamidjon Ne'matov 2004-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni va 2010-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz