Hamidiye tip fakulteti haqida malumot
Hamidiye davolash fakulteti
Fakultet 2015-yilda tashkil etilgan boʻlib, Sogʻliq Bilimlari Universiteti Hamidiye tibbiyot fakultetiga tegishli.
2015-yil 27-martda “Ayrim qonun hujjatlariga va qarorlariga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi 6639-sonli Qonun qabul qilindi. 2015-yil 15-aprelda Rasmiy gazetaning 29327-sonida ushbu qonunga koʻra, Hamidiye davolash fakulteti Sogʻliq Bilimlari Universitetining fakultetlaridan biri deb eʼlon qilindi.
Dekani Prof. Dr. Erdogʻan Chetinkayadir. Fakultet ilmiy xodimlari tarkibiga 15 nafar professor, 7 nafar dotsent va 14 nafar doktorantura professor-oʻqituvchilari kiradi. Talabalar klinik fanlar boʻyicha taʼlim va amaliyotni universitetga qarashli SSATM (Sogʻliqni saqlash amaliyoti va tadqiqot markazi) deb nomlangan Istanbuldaki 25 ta oʻquv va tadqiqot shifoxonalarida olib boradilar.
Fakultet Uskudar Haydarpashadagi Hamidiye majmuasida joylashgan. Fakultetning maqsadi sogʻlikka yaxlit yondashuvga ega boʻlgan, tadqiqotchi, qadriyatlar va mas'uliyatga ega boʻlgan shifokorlarni tayyorlash. Tibbiy taʼlim 6 yil davom etadi. Dastlabki 3 yilda nazariy, ikkinchi 3 yilda esa klinik va amaliy mashgʻulotlardan tashkil topgan.
uz.wikipedia.org