Hamid Vohidov




Hamid Fozilovich Vohidov (1925.10.12, Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1976), falsafa fanlari doktori (1971), professor (1973), Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkent yuridik institutini tugatgan (1950). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti falsafa va estetika kafedrasi mudiri (1961—1979), Toshkent Davlat Universiteti falsafa kafedrasi mudiri (1979). Markaziy muzey Toshkent filialining direktori (1979—88). 1988-yildan Toshkent davlat sanʼat institutining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori va falsafa kafedrasining professor Ilmiy ishlari Urta Osiyo xalkdarining ijtimoiy-siyosiy va falsafiy fikri tarixi, maʼrifatparvarlik gʻoyalari muammolariga bagʻishlangan.

Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz