Hamid Rahimov




Hamid Rahimov (1927.15.5 — Toshkent — 1977.8.12) — kompozitor, dirijyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1954). Oʻzbek davlat filarmoniyasining ashula va rake ansambli (1950—56), "Bahor" ansamblida (1958—59) musiqa rahbari, Muqimiy teatrida dirijyor (1958 — 59), Oʻzbekiston Madaniyat vazirligida masʼul xodim (1960—61 va 1972—73), Toshkent konservatoriyasi rektori (1961—71), dotsenti (1967—72), Toshkent pedagogika instituti kafedra mudiri (1973—77). P. Rahimov bilan xdmkorlikda "Singillar qissasi" (Sh. Tamkin, 1955) va "Zafar" (U. Ismoilov, 1956) ilk musiqali dramalarni yaratgan. Keyinchalik "Oq nilufar" (R. Hamroyev, A. Bobojon, 1958), "Rais uylanarmish" (B. Xalilov, 1959), "Ishqing bilan" (H. Umarov, 1959), "Tanbur nolasi" (M. Qodirov, 1973) "Jonim fido" (I. Rahim, 1974). "Mashrab" (A. Tursunov, 1977) kabi musiqali drama va komediyalari bilan mazkur janr rivojiga hissa qoʻshgan. R., shuningdek, "Zafar" (U. Ismoilov, 1970) operasi, simfonik orkestr uchun "Yoshlik" poemasi, 5 ta raqs, 2 ta syuita, "Bahor" kantatasi, "Fargʻonalik beshovlon" kinofilmiga va 3 telefilmga yozilgan musiqa, "Qalb qoʻshigʻi", "Xayolim senda", "Toshkent bahori", "Quyoshiston" kabi qoʻshiklar va boshqa asarlar muallifi.

Manbalar




Havolalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz