Hami Mandıralı




Hami Mandirali (1968-yil 20-iyulda tugʻilgan) — turkiyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi. U deyarli butun faoliyati davomida „Trabzonspor“da oʻynagan.

Klubdagi faoliyati



Mandirali Turkiyaning Trabzon shahrida tugʻilgan. 10 yoshida Trabzonsporga qoʻshilgan va 1985-yilda 17 yoshida professional debyutini boshlagan. U tezda oʻz davrining eng kuchli yarim himoyachilaridan biri sifatida oʻzini namoyon qilgan. U Turkiya terma jamoasining doimiy oʻyinchisiga aylangan va har doim toʻpurarlar jadvalida birinchi oʻrinda boʻlgan. Mandirali yevrokuboklarda koʻplab gollar urib, oʻz mavqeyini koʻrsatib kelgan. U Yevrokuboklarda jami hisobda 23 ta gol urgan.

Mandirali, ayniqsa, oʻzining jarima zarbalari bilan mashhur boʻlgan, faoliyati davomida koʻp marotaba jarima zarbasidan gollar urgan. U jarima zarbalarini tepish sanʼatida oʻzining mashhur hamkasblari kabi toʻpni aylantirib tepishga urinmagan. Buning oʻrniga u zambarakdek zarbalar bergan ular jonli devorning ochiq qolib ketgan joylari orqali oʻtib ketgan va darvozabonlar bu holatda xech qanday yordam bera olmagan. Shu tarzda uning uslubi Roberto Karlosga qiyoslanardi.

U juda kuchli zarbaga ega boʻlib, uning zarbasi tezligi 140 km/soat tezlikdan baland boʻlgan. 1997-yilda San-Marino terma jamoasiga qarshi jarima zarbasi va Myunxen 1860ga qarshi maydon markazidan turib bergan zarbasi golga aylangan, keyinchalik bu zarbalarning tezligi ajablanarli darajada kuchli yaʼni 173 km/soatdan ortiqligi aniqlangan. U uzoq masofalardan, hatto 40 metrdan ham koʻp marta gol muallifiga aylangan.

1998-yilda u Germaniyaning „Schalke 04“ klubiga 7 million DM (3,5 million yevro) evaziga qoʻshilgan, ammo u yerda atigi bir yil oʻynagan. U 1999—2000-yilgi mavsumda 2,25 million yevro evaziga „Trabzonspor“ga qaytgan. Qaytgandan soʻng u eng yaxshi zarbalar boʻyicha oʻz oʻrnini tiklagan va har mavsumni doimiy ravishda klubning eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunlagan. 2002-yilda uni rais Özkan Sümer jamoadan isteʼfoga chiqargan. Klubdan ketgacj Mandirali Ankaragücüga koʻchib oʻtgan, lekin u yerda uzoq qolmagan. Koʻp oʻtmay u nafaqaga chiqgan. Mandirali hech qachon liga chempionligini qoʻlga kiritmagan.

Xalqaro maydondagi gollar




Murabbiylik faoliyati



2008-yilning 1-iyulida Mandirali Turkiyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga ikki yillik shartnoma boʻyicha murabbiy etib tayinlangan.

Yutuqlar




Jamoaviy yutuqlar



Klub



Trabzonspor

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz