Hamdamiy Bahrom




Hamdamiy Bahrom (1910, Toshkent – 1942, frontda halok boʻlgan) – rassom, Oʻzbekiston rassomlari uyushmasining tashkilotchilaridan. Toshkent rassomlik texnikumida A.Volkovdan taʼlim olgan (1930– 36); Moskva, Leningradda ijodiy safarda boʻlib malakasini oshirgan. H. asarlarida kunning dolzarb voqealarini,’ xalq hayotini tasvirladi: "Kolxozchilar" (1933), "Kolxoz choyxonasi-da" (1936) -Sharq muzeyida; "Avtoportret" (1939, 1941); "Ish tugadi" ("Langar kanali quruvchilari", 1939), "Bobom–shoir Muztarib portreti" (1939) – Oʻzbekiston sanʼat muzeyida. Navoiy asarlari asosida "Farhod sah-roda" (1940), "Farhod Xusrav asiri" (1941) kabi asarlar yuzaga keldi. "OʻzTAG oynasi" gshakatlarini tayyorlashda qatnashgan (1941–42). R.Ahmedov, 3. Inogʻomov va boshqalarga dars bergan.

Ad..Taktash R.X., Baxram Xamdami, T., 1969.



uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz