Hamdam Sodiqov
Sodiqov Hamdam Joʻrayevich - tarix fanlari doktori, «Oʻzbekistonning yangi tarixi» markazi direktori. H.Sodiqov 1943-yil 23-dekabrda Toshkentda xizmatchi oilasida tugʻilgan.
O'qish faoliyati
H.Sodiqov 1961-yilda Mannon Uygʻur nomidagi 22-oʻrta maktabni tamomlagan. Toshkent Davlat universiteti filologiya fakulteti jurnalistika boʻlimida kechki kursda, soʻng 1962 – 1966-yillarda kunduzgi boʻlimda oʻqigan. U 1966 – 1967-yillarda Moskva harbiy okrugida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan. Zahiradagi ofiserlar kursini bitirgan. 1970 – 1973-yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi aspiranturasida oʻqigan.
Ish faoliyati
H.Sodiqov 1961 – 1962-yillarda Toshkent toʻqimachilik kombinatida mehnat faoliyatini boshlagan. U 1968 – 1970-yillarda respublika yoshlar gazetasida adabiy xodim, boʻlim boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 1973-yildan 1985-yilga qadar Oʻzbekiston xalqlari tarix muzeyida ilmiy xodim, soʻng boʻlim mudiri lavozimlarida ishlagan. 1985 – 1996-yillarda Toshkent temir yoʻl transporti muxandislari institutida dosent lavozimida ishlagan.U 1996-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi qoshidagi Oʻzbekistonning Yangi tarixi markazi direktori vazifasiga tayinlangan.
Ilmiy faoliyat
H.Sodiqov 1973-yilda “Turkiston general – gubernatorligi siyosiy-ma'muriy tuzumi” mavzusida tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun disertatsiya yoqlagan. H. J. Sodiqov 1994-yilda “Chorizmning Turkistondagi mustamlakachilik siyosati va istiqlol uchun kurash” mavzuida tarix fanlari doktori ilmiy darajasi uchun dissertasiya yoqlagan. 1996-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi Birlashgan Ixtisoslashgan Kengash a'zoligiga saylangan.
Asarlari
H.J.Sodiqov rahbarligida Oʻzbekistonning yangi tarixi uch jildlik kitoblar tayyorlandi va 2000-yilda nashr etildi. U tariximizda yorqin iz qoldirgan millat qahramonlari faoliyatini matbuotda birinch marta yoritgan tadqiqotchilardan hisoblanadi. (Namoz Pirimqulov, Qurbonjon dodhoh, Muhammad Ali Eshon faoliyatini “Guliston” jurnalida yoritgan.)
Nashr etgan asarlari: 1. “Posbon”, 1988-y.;
2. “Sulton Jaloliddin Manguberdi”, 1998-y. qissalarining muallifi.
3. “Asr tengdoshi”;
4. “Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida”.
5. “Koinot nigohidagi alloma”;
6. “Amir Temur hayotidagi gʻaroyibotlar”;
7. “Amir Temur saltanatida xavfsizlik xizmati” 2018-yil,
8. “Oʻzbekiston tarixi” (hammuallif).
Manbalar
uz.wikipedia.org