Halina Poświatowska




Halina Poświatowska (polyakcha: Halina Poświatowska) (1935-yil 9-may, Chenstoxova, Polsha — 1967-yil 11-noyabr, Varshava, Polsha) — polshalik shoira.

Tarjimai holi



Halina Poświatowska (asl ismi — Myga) 1935-yil 9-mayda Polshaning madaniy markazi hisoblangan Chestoxova shahrida tugʻilgan.

U ogʻir yurak nuqsoni tufayli umrining koʻp qismini kasalxonalar va sanatoriylarda oʻtkazib, muolajalar vaqtida boʻlajak turmush oʻrtogʻi Adolf Ryszard Poświatowski bilan tanishadi. Ikki yosh 1954-yil 20-aprelda Chenstoxovada turmush qurishgan. Ikki yillik turmushdan soʻng, 21 yoshida, Halina beva qoladi. 1958-yilda Poswiatowska AQShda murakkab yurak operatsiyasini oʻtkazgan. Polshaga qaytgach, Krakovdagi Yagellon universitetining falsafa fakultetini tamomlagan. Shoira hayotining soʻnggi yillari shu shahar bilan bogʻliq boʻlib, oʻsha paytda u universitetda dars berardi. 1967-yilda uning sogʻligʻi keskin yomonlashib, shifokorlar yurak operatsiyasini qayta oʻtkazishga qaror qilishadi. Operatsiyadan sakkiz kun oʻtib, 8-noyabrda, u vafot etgan. Halina va turmush oʻrtogʻining qabri Chenstoxovadagi sv. Rox qabristonida joylashgan.

Ijodi




Halina Gazette Częstochowa nashrida bir qator sheʼrlari bilan chiqishlar qilgan. Uning ijodini kashf etgan inson Tadeush Gierymski hisoblanadi. Tadeush keyinchalik oʻsha gazetada eʼlon qilingan „Shoiraning vidolashuvi“ nomli maqolasida uning sheʼriyatini yuqori baholagani uchun emas, balki achinish hissi tufayli bu ishga qoʻl urganini tan oladi.

Oradan bir yil oʻtib (1958) chop etilgan Hymn bałwochwalczy nomli ilk sheʼriy toʻplamiga shoir va tanqidchilar ijobiy baho bergan. Shundan soʻng yana uchta toʻplam dunyo yuzini koʻradi: Dzień dzisiejszy (1963), Oda do rąk (1966) hamda Jeszcze jedno wspomnienie (1967). Shoira vafotidan soʻng hali nashr etilmagan koʻplab sheʼrlari topilgan. Opowieść dla przyjaciela avtobiografik qissasi vafotidan keyin eʼlon qilingan.

a ijodining asosiy motivi sevgi va oʻlimning oʻzaro uygʻunligida koʻrinadi. Shoira oʻzidagi ojizlikni anglagan holda, murosasiz taqdirga qarshi qayta-qayta isyon qiladi. U insonning nomukammal yaralganidan norozi edi, lekin shu bilan birga oʻtayotgan umrining har bir daqiqasidan zavqlana olardi. Halina oʻz asarlarida ayollik mavzusini tilga oladi, oʻzi va boshqa ayollar, ayol qahramonlar haqida yozadi. Halina Posviatowska sheʼriyati bu inson tabiati haqidagi, shuningdek, oʻlimi tobora yaqinlashib kelayotganini his qilgan ishqqa tashna ayol haqidagi taʼlimotdir.

Xotira




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz