Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi — Prezident taʼlim muassasalari agentligiga qarashli Guliston shahridagi ijod maktabi. Maktab ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan, Sirdaryoda tugʻilgan Oʻzbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva nomiga qoʻyilgan.
Barpo etilishi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 19-fevral kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifida Guliston shahrida xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi tashkil etilishi boʻyicha taklif bergan. Oʻsha yil mart oyida tamal toshi qoʻyildi hamda 2019-yil 18-may kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan „Guliston shahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish to‘g‘risida“gi qaror chiqarildi. 25-avgustigacha qurib foydalanishga topshirilishi kutilgan.
Dars programmasi
Manbalar
uz.wikipedia.org