Halima Ahmedova
Halima Ahmedova — shoira, O‘zbekiston yozuvchilar uyusmasi aʼzosi, koʻplab sheʼriy kitoblar muallifi.
Tarjimai hol
Halima Ahmedova — 1960 yil 1 oktyabrda Buxoro viloyati (hozirgi Navoiy viloyati)ning Qiziltepa tumani Poʻloti qishlogʻida tugʻilgan. Maktabni tugatib, 1978-1983-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetida, 1998-1991-yillarda Moskvadagi Oliy adabiyot kursida tahsil olgan.
Faoliyati
Mehnat faoliyatini dastlabki yilini oʻqituvchilikdan boshlab, Navoiy shahar pedagogika bilim yurtida dars berishdan boshladi. Jurnalistikiga boʻlgan mehri uni „Do‘stlik bayrog‘i“ gazetasiga yetaklaydi 1984-1985-yillarda gazeta tahririyatida, 1986-1988 yillari G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir vazifasida faoliyat yuritgan.
1988-1990-yillari Moskvadagi Oliy adabiyot kursida tahsil olgan. 1990-1991 yillari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi adabiyot jamg‘armasida, 1994-1998 yillari „Tong yulduzi“ gazetasida ishlagan. 1998-yildan O‘zbekiston radiosida muharrir lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.
Ijodi
Shoiraning ilk kitobi 1986-yili „Koʻzimning tili“ nomi bilan chop etilgan. Keyinchalik u quyidagi kitoblarni nashardan chiqardi:
Mukofoti
Halima Ahmedova Londonda oʻtkazilgan „Markaziy Osiyo kitob forumi va adabiyoti festivali“ning „Adabiy asar“ nominatsiyasidagi mukofotiga sazovor boʻlgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org