Halil İnalcık




Halil İbrahim İnalcık (1915-yil 7-sentabr, Istanbul — 2016-iyul 25-iyul, Anqara) — Turkiya Respublikasi tarixchi professori.

Halil Inalcik Oʻz asarlari bilan Usmonli-Turkiya tarixiga siyosiy va iqtisodiy masalalarda, madaniyat va sivilizatsiya tarixi sohasida oʻziga xos hissa qoʻshgan olimdir. Dunyoning koʻp tillariga, shu jumladan, hamma bolqon tillariga va arabchaga tarjima qilingan „The Ottoman Empire The Classical Age 1300-1600“ va „An Economic and Social History of the Ottoman Empire“ kabi asarlari dunyo universitetlarida asosiy darsliklardan hisoblanib, keng foydalaniladi. Tarix fanidagi ajoyib izlanishlari va shogirdlar tayyorlaganligi tufayli Halil Inalcik Şeyh-ûl Müverrihin (Tarixchilarning shayxi) va Tarixchilarning qutbi kabi unvonlar bilan ulugʻlangan. Inalcik Anqara universiteti til, tarix va geografiya fakultetida 32 yil ishlagandan soʻng, 1972-yilda Chicago universitetida Usmonlilar tarixi boʻlimiga, 1993-yilda esa Bilkent universitetida tarix boʻlimiga asos solgan.

Hayoti



Halil Inalcik 1915-yil 7-sentabr kuni Usmonlilar imperiyasi poytaxti Istanbul shahrida dunyoga kelgan boʻlib, otasi Turkiyaga koʻchib kelgan Qrim turklaridan Seyit Osman Nuri Bey, onasi Ayşe Bahriye Hanımdir. Halil Inalcik oilasi bilan 1924-yilda Anqaraga joylashdi.

1923-1930-yillarda Anqara gazi maktabida, bir yil Sivas oʻqituvchilar maktabida oʻqidi. 1931-yili Anqaradagi Gazi oʻqituvchilar maktabida oʻrta taʼlimni tamomlagach, Balıkesir Nejati Bey oʻqituvchilar litseyida oʻqishini davom ettirdi. 1936-yilda Anqara universiteti til, tarix va geografiya fakultetida oʻqishni boshladi va bu yerni 1940-yilda bitirganidan keyin, shu yerda yordamchi oʻqituvchi lavozimida ishlashni boshladi.

1942-yilda u „Tanzimat va Bolgariya masalasi“ nomli doktorlik dissertatsiyasini taqdim etdi. U 1943-yilda „Buyuk Rikat, Usmonlilar imperiyasi va Qrim xonligi“ nomli dissertatsiyasi bilan Vena shahridan dotsent unvonini oldi. U 1945-yilda AUDTCF arab tili va adabiyoti boʻlimidan Şevkiye Işıl bilan turmush qurdi.

Bir fakultetda uzoq yillar Usmonli va Yevropa tarixidan dars bergan Inalcik, 1947-yili Turk Tarix Jamiyati (TTK) aʼzoligiga saylangan. U 1949-yilda Angliyaga borib, Britaniya muzeyida turk qoʻlyozmalari ustida ishladi va Usmonli tarixiga oid yozuvlarni Calendar of State Papers turkumida toʻpladi. U Public Record Officeda Usmonli imperiyasi haqidagi adabiyotlarni koʻrib chiqdi. 1951-yilda Inalcik Turkiyaga qaytib keldi.

1951-yilning yozida Bursa Sheriyye arxivlarida ishlay boshladi. Ularning urinishlari natijasida daftarlar Topkapi saroyidagi ustaxonada jiltlanib, tozalanib, Bursaga qaytarib olib kelindi. Inaljik 1952-yil iyun oyida Venada Usmonli-Qrim xonligi oʻrtasidagi hamkorlik mavzusidagi dissertatsiyasi bilan professor unvonini oldi.

Columbia, Princeton, Pennsylvania, Harvard universitetlarida professor sifatida maʼruzalar oʻqigan Inalcik, 1972-yili Anqara universitetidan nafaqaga chiqqanidan soʻng, Chicago universitetida Usmonlilar tarixi boʻlimiga asos soldi. 1973-yilda The Ottoman Empire The Classical Age 1300-1600 nomli mashhur kitobini nashr ettirdi.

Inaljik, Usmonli/Turkiya tarixiy tadqiqotlari davomida aniqlangan yangi maʼlumotlar va topilmalarni eng yuqori darajada oʻrtoqlashish va muhokama qilish uchun „International Association for Social and Economic History of Turkey“ nomli xalqaro uyushmaga asos soldi. Ushbu uyushma tarixda 11 ta xalqaro kongress oʻtqizgan va uning birinchisi 1972-yil Haceteppe universitetida boʻlib oʻtgan.

1986-yilda Inalcik Chicago universitetidan ham nafaqaga chiqdi va 1993-yilda Bilkent universitetida tarix boʻlimiga asos soldi. U 23 yil davomida Bilkent universiteti Usmonlilar tarixi boʻlimida magistraturantlarga va doktorantlarga seminar maʼruzalari oʻqidi.

2003-yilda Bilkent universitetida Halil İnalcık Center for Ottoman Studies nomli bir markazga asos solindi. Halil Inalcik turli arxivlardan toʻplagan hujjatlar va daftarlari nusxalarini, tugallanmagan tadqiqot matnlarini, 1000 dan ortiq nashrlarni va boshqa materiallarni ushbu markazga hadya qildi.

Inalcik, juda yaxshi darajada Usmonli turkchasini, yaxshi darajada ingliz, fransuz, nemis, shuningdek, oʻrta darajada arab, fors va italyan tillarini bilar edi. Dunyoning turli universitetlaridan koʻplab faxriy doktorlik unvonlari bilan taqdirlangan Inalcik, XX asr oxirida Cambridgeagi Xalqaro Biografiya Markazi tomonidan dunyodagi ijtimoiy fanlar sohasidagi sanoqli 2000 olimdan biri sifatida koʻrsatilgan.

Uning hayoti va tarixshunosligi tasvirlangan „Tarixchilar qutbi, Halil Inalcik kitobi“ kitobi 2005-yilda Turkiya Madaniyat nashriyoti tomonidan nashr etilgan. U Yevrosiyo Akademiyasining asoschilaridan biri edi.

Vafoti




Halil Inalcik Anqarada davolanayotgan shifoxonada koʻp aʼzolar yetishmovchiligi tufayli 2016-yilning 25-iyulida 100 yoshida vafot etdi. Uning vafotidan keyin Bilkent va Anqara universitetida marosim oʻtkazildi. Uning tanasi Vazirlar Kengashi qarori bilan Fotih Sulton Mehmet qabri joylashgan Fotih masjidi qabristoniga dafn qilindi.

Oʻlimidan soʻng koʻp joyda xotirlash marosimlari oʻtkazilgan Inaljik uchun Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning koʻrsatmasi bilan maxsus qabr qurildi. Anʼanaviy Usmonli qabrlari uslubida tartibga solingan Inalcikning „ulamo maqbarasi“ 2017-yil 22-iyul kuni yakunlandi. Marmardan yasalgan qabrning yozuvlari va naqshlari tilla barg bilan bezatilgan.

Muvafiqlashtirishni Istanbul madaniyat va turizm boshqarmasi va Istanbul gubernatorligi oʻz zimmasiga oldi, moliyaviy yordam esa Istanbul maqbaralar uyushmasi tomonidan berildi. Qabr ustiga ikkita silindr („üstüvâni“) oʻrnatilgan boʻlib, biri oyoq tomonida va boshqasi boshida. Qabr toshni Semih İrteş va Sabri Mandıracı yasagan.

Asarlari




Mukofotlari




Faxriy doktorlik




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz