Halil Dervişoğlu
Halil İbrahim Dervişoğlu (1999-yil 8-dekabrda tugʻilgan) — professional futbolchi, Premer-liganing „Brentford“ klubi va Turkiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. Dervişoğlu faoliyatini oʻz vatani Niderlandiyadagi „Sparta Rotterdam“ jamoasida boshlagan va 2020-yilda Brentfordga oʻtgan.
Klublardagi faoliyati
Sparta Rotterdam
Dervişoğlu Sparta Rotterdam akademiyasiga 10 yoshida qoʻshiladi va 2017-2018-yilda Tweede Divizion mavsumining boshida klubning zaxira jamoasiga kiritiladi. Dervişoğlu 2018-2019-yilgi Eerste Divizioni mavsumida muntazam asosiy tarkibdan joy oladi.
2019-yil avgust oyida Dervişoğlu 2020-yil 1-yanvarda Xet Kasteelni tark etish uchun oldindan shartnoma imzoladi. U 2019-2020-yilgi mavsumning birinchi yarmida 19 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol uradi va umumiy hisobda jamoa tarkibida 58 ta oʻyin oʻtkazib, 16 ta gol urgan futbolchi sifatida klubni tark etdi.
Brentford
2019-yil 9-avgustda Dervişoğlu 2020-yil 1-yanvarida Angliya chempionatining „Brentford“ klubiga 3 million yevro evaziga qoʻshilish uchun oldindan shartnoma imzoladi. U toʻrt yarim yillik shartnoma imzolaydi va 2020-yil 3-yanvarida Brentford futbolchisi sifatida eʼlon qilinadi. Dervişoğlu 2019-2020-yilgi mavsumning qolgan qismida 7 ta oʻyinda maydonga tushadi va uning jamoasi 2020-yilgi pley-off chempionat finalida magʻlubiyatga uchraydi.
2020-2021-yilgi mavsumning birinchi oyida EFL kubogida atigi bir marta zaxiradan maydonga tushadi. Dervişoğlu ijarada yurgan paytida Brentford 2021-yilgi pley-off chempionat finalidagi gʻalabadan soʻng Premer-ligaga koʻtariladi.
Bosh murabbiy Tomas Frank tomonidan 2021-2022-yil mavsumidagi dastlabki toʻrtta oʻyinning har birida asosiy tarkibga kiritilganiga qaramay, Dervişoğlu bor-yoʻgʻi bitta oʻyinda maydonga tushadi. 2021-yil 1-sentyabrda Dervişoğlu oʻz ustida ishlashi va rivojlanishi uchun 2021-2022-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida „Twente“ jamoasiga oʻtib ketadi.
FC Twente (ijara) 2020-yil 6-oktyabrda Dervişoğlu Eredivizionning „Twente“ klubiga 2020-2021-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida qo‘shiladi. 10 ta oʻyinda gol ura olmaganidan soʻng uning ijarasi 2021-yilning 1-yanvarida muddatidan oldin tugatiladi.
Galatasaray (ijara) 2021-yilning 25-yanvarida Dervişoğlu Turkiyaning Superliga klubi „Galatasaroy“ga 2020-2021 -yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida o‘tadi. COVID-19 testi ijobiy boʻlgani sababli oʻz faoliyatini kechroq boshlagan. Dervişoğlu mavsum oxirida asosiy tarkibga qoʻshilib, soʻnggi toʻrtta oʻyinda uchta gol uradi. Ammo klub yakunda bitta gol farqi bilan Superliga chempionligini qoʻldan boy beradi. U jami 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol uradi. 2021-yil 1-sentabr kuni Dervişoğlu 2021-2022- yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida Turk Telekom stadioniga qaytadi. Ushbu mavsumda 33 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol uradi.
Xalqaro faoliyati
Asli turk boʻlgan Dervişoğlu Gollandiya yoki Turkiya terma jamoalarida oʻynash huquqiga ega edi. Turkiyaning U19 va U21 toifasidagi terma jamoalarida oʻynagan. Dervişoğlu Turkiyaning Yevro-2020 terma jamoasiga kiritiladi va 2021-yil 27-may kuni Ozarbayjonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida jamoadagi birinchi oʻyinini oʻtkazadi. Dervişoğlu Yevro-2020da Turkiyaning guruh bosqichidan chiqish oldidan yana 2ta oʻyinda zaxiradan maydonga tushadi.
Faoliyati statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlari
Sparta Rotterdam Manbalar
uz.wikipedia.org