Halil Altıntop




Halil Altintop (talaffuzi: Halil Altintop) (1982-yil 8-dekabrda tugʻilgan) — turkiyalik sobiq professional futbolchi. U „Bavariya U17“ jamoasida Aleksandr Moj bilan birgalikda bosh murabbiy hisoblanadi. Oʻyin paytida u hujumkor yarim himoyachi, markaziy hujumchi yoki qanot hujumchisi sifatida joylashtirilgan. U Hamit Altintopning egizak ukasi.

Faoliyati



Altintop professional faoliyatini akasi bilan birgalikda Germaniyaning mahalliy „Wattenscheid 09“ klubida boshlagan. Muvaffaqiyatli oʻyinlar katta klublarning eʼtiborini tortgach, Altintop 1-Bundesliga jamoasi FC Kayzerslautern oʻtkazilgan. Uning ukasi "Schalke 04"ga oʻtgan. Hujumchi sifatida oʻynagan Altintop 2005\2006-yilgi mavsumda Bundesligada 20 gol bilan uchinchi eng yaxshi toʻpurar boʻlgan. Oʻsha mavsum oxirida u „Schalke 04“dagi akasi yoniga qoʻshilgan. Biroq, bor-yoʻgʻi bir mavsumdan soʻng, uning akasi Hamit Altintop "Bavariya"ga transfer qilingan. 2010-yil 27-yanvarda u „Schalke 04“ bilan shartnomasini bekor qilgan va „Ayntraxt“ga oʻtgan.

2010\2011-yilgi mavsumda Frankfurtning „Ayntraxt“ klubi quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, Altintop Turkiyaning „Trabzonspor“ jamoasiga oʻtib, uch yillik shartnoma imzolagan.

Altintop „Augsburg“ga 2013-yil yozida kelib qoʻshilgan. U 2016\2017-yilgi mavsumni 31 oʻyinda 6 gol va 2 golli uzatma bilan yakunlagan. Mavsum oxirida u klub bilan shartnomasini uzaytirmaslik qarorini eʼlon qilgan. Bu vaqt ichida „Augsburg“da u Bundesligada 116 ta oʻyinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan va 12 ta golga assistentlik qilgan.

2017-yilning iyun oyida Altintop Chexiya Birinchi Ligasining SK Slavia Praga jamoasiga koʻchib oʻtgan.

2018-yil 31-yanvarda Altintop 1-Bundesliga vakili FC Kayzerslautern jamoasiga qaytgan. U jamoa bilan 2019-yilgacha bir yarim yillik shartnoma tuzgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro maydondagi gollar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz