Half-Life




Half-Life (inglizcha Yarim parchalanish davri, nimhayot) Valve kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va Sierra kompaniyasi tomonidan 1998-yilda nashr etilgan ilmiy-fantastik shooterdir. Oʻyinning dasturiy yadrosi, GoldSrc, Quake yadrosining keskin oʻzgartirilgan shakli boʻlib, Valve tomonidan id Softwaredan litsenziya olib ishlatilgan. Keyinchalik kod butunlay qayta yozib chiqildi.
Half-Life kompyuter oʻyinlari ichida uzluksiz, videonamoyishlarsiz davom etadigan ilk oʻyin boʻldi. Oʻyindagi barcha voqealar faqatgina bosh qahramon tomonidan kuzatiladi. Shuningdek Half-Lifeda oʻsha payt uchun eng ilgʻor sun’iy ong unsurlari ishlatildi. Oʻyinning yuqori darajada mashhurligi (u kompyuter uchun FPSlar orasida hamon yetakchi) koʻpgina add-onlar chiqishiga sabab boʻldi, jumladan Half-Life: Blue Shift va Half-Life: Opposing Force kabi; bundan tashqari, juda koʻp modlar yasaldi, ular orasida eng mashhuri Counter-Strike va Half-Life: Team Fortess Classiclardir. Yana 2004-yilda oʻyinning davomi — Half-Life 2 nashr etildi.

Sujet




Oʻyindagi voqealar Oklaxoma shtatining (AQSh) Blek Mesa togʻida joylashgan ulkan yerosti ilmiy-tadqiqot majmuida (Qora Mesa Tadqiqot Markazi) boʻlib oʻtadi; bu toʻqima majmua haqiqatdan mavjud „Los Alamos“ va „51-hudud“ majmualaridan ilhomlanib oʻylab topilgan, degan fikr mavjud.

Nihoya



Oʻyinning tushunarsiz nihoyasi gamer'lar orasida koʻplab savollar tugʻdirdi, lekin bu oʻyinning davomi chiqarilishi va shu bilan barcha savollarga javob topish mumkinligiga umid paydo qildi. Valve kompaniyasi aynan shunday yoʻl tutdi — Half-Life 2 nashr etildi. Lekin u yanada koʻproq savollar hosil qildi.
Oʻyin oxirida Freeman avvalboshda Mesa majmuasi boʻylab safar qilgani kabi vagonda paydo boʻlib qoladi. Vagon bamisoli fazoda uchib ketayotgandek, Freemanʼning roʻparasida esa keys tutgan G-man turibdi va unga „ish“ yoki „yutish iloji yoʻq jang“ taklif qilayapti. Vagonning ochilgan eshigi ortidagi teleportga sakrab, Frimen G-manning ish haqidagi taklifiga rozi boʻladi; aks holda esa, yaʼni vagonda G-man bilan harakatlanishda davom etsa, eshik yopilib, Freeman toʻsatdan oʻzga sayyoralik askarlar bilan toʻlib-toshgan joyga (Ksenga, deb taxmin etiladi) teleportatsiya etiladi („yutish iloji yoʻq jang“ — Freemanʼning na himoya kiyimi, na qurol-yarogʻi bor). Har ikki holda ham oʻyin yakunlanadi: Freeman yoki „yollandi“ (bu haqda tegishli titrlarda yoziladi), yoki halok boʻladi. Birinchi holda ayniqsa koʻp savollar tugʻiladi. Bu savollarga ikkinchi oʻyinda qisman javob topiladi, biroq baʻzi savollar hamon javobsiz (jumladan, keys tutgan kishining kimligi).

Shunisi qiziqki, Freeman „yollanishi“ bilan tugaydigan holda chiquvchi titrlar saqlangan fayl TRAITOR (sotqin), deb nomlangan, ikkinchi holdagi fayl esa LOSER (magʻlub), deb atalgan.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz