Haley Skarupa
Haley Rae Skarupa (talaffuzi: Haley Skarupa; 1994-yil 3-yanvarda tugʻilgan) — PWHPA va Amerika milliy jamoasida oʻynagan amerikalik xokkeychi.
Faoliyati
Oʻrta maktabni tugatgach, Skarupa ota-onasi oʻqigan Boston kollejiga oʻqishga kirishga qaror qilgan. NCAAda toʻrt mavsum davomida u 144 oʻyinda 244 ball toʻplagan. Bu Boston kolleji tarixidagi erkaklar va ayollar uchun ikkinchi eng yuqori natija boʻlgan. U 2015-yil va 2016-yillarda Patty Kazmaier xotira mukofoti finalchisi boʻlgan.
2015-yilgi NWHL draftida u Milliy Xokkey Ligasi (NWHL) New York Riveters jamoasi tomonidan jamoa tarkibigi tanlangan.
NWHLda uch mavsumda Skarupa 34 oʻyinda 45 ochko toʻplagan va 2017-yilgi NWHL All-Star oʻyinida ishtirok etgan.
2019-yil may oyida Skarupa 2019—2020-yilgi mavsumdagi PWHPA jamoasiga qoʻshilgan. Bir necha oy oʻtgach, u NHLning Washington Capitals jamoasiga xokkeychi sifatida ishga qabul qilingan.
Xalqaro jamoalar
U 2015-yilgi IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida, shuningdek, 2016-yil va 2017-yillardagi jahon chempionatlarida qatnashib, har safar oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Skarupa 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida AQShning xokkey boʻyicha ayollar jamoasida oʻynagan.
U 2011-yil va 2012-yilgi mavsumda jami uchta oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Faoliyat statistikasi
Doimiy mavsum
Shaxsiy hayoti
Skarupa Marylend shtatining Rockville shahrida oʻsgan va u Wootton oʻrta maktabini tamomlagan.
Manbalar
uz.wikipedia.org