Haley Bugeja
Haley Bugeja (2004-yil 5-mayda tugʻilgan) — Maltalik professional futbolchi. U Milliy ayollar futbol ligasining (NWSL) Orlando Pride jamoasi va Malta ayollar terma jamoasida hujumchisi sifatida oʻynaydi.
Jamoalardagi faoliyati
Mġarr United
Bugeja oʻzining katta klubdagi debyutini 14 yoshida, 2018-19-yilgi mavsumda Malta ayollar ligasining „Mġarr United“ jamoasida oʻtkazadi. U mavsumni 26 gol bilan yakunlab, liganing eng yaxshi toʻpurari sifatida qayd etiladi va Malta FA jamoasi tarkibida yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bugeja keyingi mavsumda ham yilning eng yaxshi oʻyinchisi unvonini saqlab qolad. Mġarr United keyingi ikki mavsumda ligada Birkirkaradan keyingi ikkinchi oʻrinni egallaydi.
Sassuolo
2020-yil iyul oyida Bugeja Italiya A seriyasining „Sassuolo“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzolaydi. U klubdagi debyutini 2020-yil 5-sentyabrda, 16 yoshida, „Sassuolo“ning "Napoli "ga qarshi o‘yinida (3:1) o‘tkazadi. Ushbu oʻyinda Bugeja jamoasining birinchi va uchinchi golini kiritadi.
Orlando Pride
2022-yil 1-iyulda Bugeja 2023-yilgi mavsum oxirigacha Milliy ayollar futbol ligasining (NWSL) Orlando Pride jamoasi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilindi.
Xalqaro faoliyati
Bugeja 2019-yil aprel oyida Buxarestda Ruminiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida qatnashib, 14 yoshida Malta terma jamoasidagi birinchi o‘yinida g‘alaba qozonadi. U o‘zining ilk golini 2020-yil yanvarida Turkiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (2:1) kiritadi. Birinchi xalqaro golini esa 2020-yilning mart oyida, UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2022 saralash bosqichi „B“ guruhida Gruziyaga qarshi oʻyinda (2:1) kiritgan. 2020-yilning noyabr oyida Bugeja oʻz uyida xuddi shu raqib ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan Malta oʻyinida xet-trik qayd etadi.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Xalqaro gollari
Yutuqlari
Manbalar
uz.wikipedia.org