Hakimxo'ja qozikalon




Hakimxoʻja qozikalon (1802 — Toshkent — ?) — Toshkentning soʻnggi qozikaloni. 1865-yilda Rossiya qoʻshinlari Toshkentni qamal qilganida shahar mudofaasi rahbarlaridan biri. Shahar rus qoʻshinlari tomonidan egallangach, Hakimxoʻja qozikalon Abulqosim eshon, domla Solihbek oxund singari nufuzli kishilar bilan M.T.Cher-nyayev qarorgohiga borib Toshkent shahrini idora etish xususida u bilan muzokara olib borgan (1865-yil 12-iyul). Hakimxoʻja qozikalon hamma masalada oʻz xalqi manfaatlari saqlangan holda amniyatnoma tuzilishiga sababchi boʻlgan. 1866-yil Turkiston viloyati harbiy gubernatori general Romanovskiy nomiga laganbardorlar muhri bosilgan tavsifnomaga imzo chekmagani tufayli general bilan munosabati yomonlashgan.

1867-yilda fon Kaufman Toshkentga kelganida Hakimxoʻja qozikalon xususidagi taʼriflarni eshitib, uning uyiga boradi. U bilan suhbatlashib muammoli masalalarda uning maslahatlariga muhtoj ekanligini bildirgan. Kaufman usta diplomat boʻlgani uchun Hakimxoʻja qozikalondan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanmoqchi boʻladi. Bu hiylani payqagan qozi-kalon oʻz arizasiga binoan vazifasidan boʻshatiladi. Qozikalon mansabi bekor qilingach. Hakimxoʻja qozikalonning oʻgʻli muhiddinxoʻja qozi Sebzor qoziligiga saylanadi va 25 yilcha bu vazifani ado etadi.

Adabiyot




Hamdam Sodiqov.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz