Hakimov Malik Hakimovich




Malik Hakimovich Hakimov (1921.25.10 - Toshkent- 1980.12.5) — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972). Yuridik fanlari doktori (1965), professor (1967). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1939—1942). Toshkent yuridik institutini tugatgan (1945). Butunittifoq sirtqi yuridik instituti Toshkent filia-lining direktori (1949—50). Toshkent yuridik institutida katta oʻqituvchi (1950-53). VSSPSning Toshkent oliy maktabida kafedra mudiri va direktor oʻrinbosari (1953—56). Partiya tarixi institutida sektor mudiri (1956—57). 1958-yildan umrining oxirigacha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti sektor mudiri. H.ning ilmiy ishlari davlat huquqi, oʻzbek davlatchiligi tarixiga bagʻishlangan. Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi koʻchalardan biri uning nomi bilan ataladi.

Adabiyot




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz