Hakimov Axiyar Xasanovich




Axiyar Hasanovich Hakimov (boshqirdcha: Хәкимов Әхиәр Хәсән улы' ;1929-yil 23-avgust — 2003-yil 27-dekabr) — boshqird yozuvchisi, tarjimoni, tanqidchisi, adabiyotshunosi. RSFSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi(1985). Boshqirdiston Respublikasi xalq yozuvchisi(2001).

Biografiyasi



Axiyar Hasanovich Hakimov 1929-yil 23-avgustda Novoyanbekovo qishlog‘ida tug‘ilgan .
Uning bobosi zodagonlar oilasidan bo‘lib, chor armiyasida ofitser bo‘lib xizmat qilgan, Shipka uchun janglarda qatnashgan. Axiyar otasidan erta yetim qolgan, uning tarbiyasi bilan buvisi shug‘ullangan. Qishloqdagi maktabda oltinchi sinfni tugatgandan soʻng, Davlekanovskiy pedagogika bilim yurtining tayyorgarlik kurslariga oʻqishga kirgan, shu bilan birga radio operatorlik kurslarida oʻqigan. Yoshligidan sheʼr yozishni mashq qilgan.
Tezroq frontga ketmoqchi bo‘lib, 14 yoshida qishloq sovetidan 16 yoshligi haqida maʼlumotnoma olib, Moskvaga jo‘nab ketgan. Avvaliga hokimiyat unga ketishga ruxsat bermagan, keyinchalik u roʻyxatga kiritilgan. Radio operatorligi boʻyicha oʻqigan, parashyutda sakrashni mashq qilgan. Ularning leytenanti taniqli rejissyor Grigoriy Chuxray boʻlgan.
1943-yil sentyabrdan noyabrgacha Dneprning oʻng qirgʻogʻiga joylashtirilgan 3-gvardiya havo-desant brigadasi tarkibida janglarda qatnashgan. 1943-yil oxiridan urush tugaguniga qadar u 3-Ukraina frontining 103-gvardiya otishma diviziyasida jang qilgan. Urush frontlaridagi tajriba Axiyar Hakimovga sheʼrlar, hikoyalar, romanlar yozishiga turtki boʻlgan.
1947-yil 1-fevraldan 1951-yil 20-noyabrgacha Oʻzbekistonning Shoʻrchi (sobiq Takchiyon qishlogʻi) shahridagi 10-sonli rus oʻrta maktabida rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi lavozimlarida ishlagan. 1951-1956-yillarda Staromusinskaya maktabining direktori boʻlgan.
1960-yillarning birinchi yarmida M.Karim ijodi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1960-1962-yillarda „Agidel“ jurnalining adabiy hamkori, bosh muharrir oʻrinbosari boʻlgan. U sevgi haqidagi ilk hikoyalarini 1960-yillarda, talabalik davrida boshqird adabiy jurnallarida nashr etgan. Uning ilk kitobi — adabiy tanqidiy maqolalar to‘plami 1967-yilda nashr etilgan.
Keyingi hayoti „Adabiy gazeta“ bilan bogʻliq boʻlgan: 1967-1992-yillarda SSSR xalqlari adabiyoti boʻlimi muharriri, tahririyat hay’ati aʼzosi, bir vaqtning oʻzida — RSFSR Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi lavozimlarida ishlagan.
1990-yillarda Moskvadagi Adabiyot institutida boshqird talabalari guruhiga rahbarlik qilgan.
2003-yil 23-dekabrda Moskvada vafot etgan.

Oilasi



Rafiqasi — Lidiya Kamalovna Hakimova,Qizi — Gulshat.
Birinchi rafiqasi-Asma Nizomovna,
O‘g‘li-Rishat,
Qizi-Rimma,
Nabirasi-Roman.

Ijodi



Axiyar Hasanovich Hakimov rus tilida ham, boshqird tilida ham ijod qilgan. Talabalik yillaridayoq u hikoyalar, maqolalar, asarlarga sharhlar yozgan. „Kamalak“ (1973), „Bayga“ (1974), „Oqsoq bo‘ri“ (1977), „To‘y“ (1978), „Echelon“ (1995), „To‘kilgan barglar“ (2001), „Chiqqa“ romanlari, „Oʻlimga qaramay“, „Somon yoʻli“ (1989), „Kushtiryak“ (Boshqird qishlogʻining hayoti va urf-odatlari haqida), „Dovul“ va „Boʻrondan qochib boʻlmaydi“ (XX asrning 20-30-yillaridagi hayot tasviri), „Charm quti“ va „Do‘mbra nolasi“ (XIV asrda boshqird qabilalarining mustaqillik uchun kurashi haqida), „Karvon“ (Madaniyatlarning oʻzaro kirib borishi haqida); „Yulduzlar tushmoqda“ (1998), „Avgustning bir kuni“ (1998), „Marshal bilan uchrashuv“ (1999) qissalari, „Yodgorlik“, „Bahor orzulari“, „Urshak“, „G‘ildirak“ sheʼrlari, „Parij“ asarlari muallifidir.
Axiyar Hasanovich serqirra shaxs bo‘lib, ilmiy-pedagogika, publitsistika va tarjima ishlari bilan shug‘ullangan. U rus tiliga boshqird yozuvchilarining asarlarini, jumladan, boshqird xalq dostoni „Ural-botir“ni, boshqird tiliga esa Fin xalqining „Kalevala“ dostonini tarjima qilgan.
„Asr bilan bir qatorda“, „Adabiyot va zamon“ monografiyalari, boshqird adabiyotini oʻrganishga bagʻishlangan maqolalar muallifidir.
Axayirnng boshqird tilida yozilgan asarlari rus, ukrain, qozoq, o‘zbek, tojik, turkman, ozarbayjon, tatar, eston tillariga tarjima qilingan. Uning asarlari Bolgariya, Vengriya, Chexoslovakiya, Fransiyada nashr etilgan.

Orden va mukofotlari




Xotira



Davlekanovoda Axiyar Hakimovning uy-muzeyi tashkil etilgan. Uning nomi shahar ko‘chalaridan biriga va tug‘ilib o‘sgan qishlog‘idagi maktabga berilgan.
2010-yilda Boshqirdistonning Davlekanovskiy tumani maʼmuriyati badiiy tarjima va tanqid sohasida A.Hakimov nomidagi adabiy mukofotni taʼsis etgan.

Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz