Hakim Ziyech
Hakim Ziyech (1993-yil 19-martda tugʻilgan) — professional futbolchi, Premer liganing „Chelsi“ klubida hujumkor yarim himoyachi va vinger sifatida oʻynaydi. Unga „Ajax“ muhlislari tomonidan „
Sehrgar “ laqabi berilgan.
Ziyech oʻzining yakuniy zarbasi, driblingi, kesib uzatiladigan uzatmalari, texnikasi va jarima zarbalarini tepish qobiliyati bilan tanilgan. 2019-yilda u UEFA Chempionlar ligasining 2018-19-yilgi mavsumida eng yaxshi 20 nafar futbolchidan biri sifatida tanlandi. Oʻsha yilning oxirida u TheGuardian jurnalining „Dunyoning 100 ta eng yaxshi futbolchisi“ roʻyxatida 29-oʻrinni egalladi.
Ziyech professional faoliyatini 2012-yilda Gollandiyaning „Heerenveen“ klubida boshlagan va ikki yildan so‘ng Gollandiyaning „Twente“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2016-yilda u „Ajax“ bilan besh yillik shartnoma imzoladi, uning transfer narxi 11 million yevro boʻlgan. 2018-19-yilgi mavsum Ziyech faoliyatidagi eng sermahsul mavsum boʻldi, chunki u Eredivisieda 16 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2020-21-yilgi mavsumda Premer liganing „Chelsi“ klubiga oʻtdi.
Xalqaro maydonda Niderlandiya yoki Marokash terma jamoalarida oʻynash taklifi tushganda u Marokashni tanladi. 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati va 2019-Afrika Millatlar kubogida Marokashni himoya qilgan.
Klubdagi faoliyati
Heerenveen
Ziyech Niderlandiyaning Dronten shahrida tug‘ilgan. 2001-2007-yillar oraligʻida u „Real Dronten“ va „ASV Dronten“ yoshlar akademiyasida oʻynagan. 2007-yilda Heerenveen akademiyasiga qoʻshildi.
2012-yilning 2-avgustida Ziyech Yevropa ligasining uchinchi saralash bosqichining birinchi o‘yinida „Rapid Bukuresti“ga qarshi o‘yinda „Heerenveen“ safida debyut qildi va maydonda 53 daqiqa o‘ynaganidan soʻng almashtirildi. U Eredivisiedagi debyutini 10-avgust kuni NECga bo‘ldi. Ziyech Heerenveen uchun ilk golini 2013-yil 10-avgustda NAC Bredaga qarshi o‘yinda (2:0) kiritdi.
Twente
2014-yilning 18-avgustida Ziyech 3,5 million yevro evaziga " Twente "ga koʻchib o‘tib, uch yillik shartnoma imzoladi va 10-raqamli futbolkani oldi. 5-oktyabr kuni Ziyech AZ Alkmaar bilan 2:2 hisobidagi oʻyinda bitta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. 2015-yilning 6-martida Ziyech Willem II bilan 2:2 hisobidagi o‘yinda ikkita gol urdi. 2015-16 yilgi mavsumda Ziyech klub sardori etib saylandi ammo, u 2016-yil yanvar oyi boshida klubga nisbatan hurmatsizlik bildirganligi va omma oldida transferni talab qilganligi uchun sardorlikdan mahrum qilingan. 2015-16-yilgi mavsum Ziyech faoliyatidagi eng sermahsul mavsum boʻldi, 17 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ajax
2016-2018: dastlabki mavsumlar va Yevropa finali 2016-yilning 30-avgustida Ziyech „Ajax“ bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, uning transferi uchun 11 million yevro sarflandi. 15-sentabr kuni Ziyech Yevropa ligasi guruh bosqichining dastlabki o‘yinida „Panatinaikos“ ustidan g‘alaba qozonilgan o‘yinning 79-daqiqasida qizil kartochka oldi. Olti kundan soʻng, 21-sentabr kuni u KNVB kubogida Villem II ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda Ziyech birinchi golini urdi.
Chelsea
2020-21 mavsum 2020-yilning 14-fevralida „Ajax“ va "Chelsi" Ziyechni 40 yevro evaziga transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishgani eʼlon qilindi. U 2020-21-yilgi mavsum uchun Premer liga klubiga qoʻshildi. „Chelsi“ Ziyech bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.
Terma jamoadagi faoliyati
Marokash
U Gollandiyada marokashlik oilada tugʻilgan. U Gollandiya U19 U20, U21 yoshlar terma jamoalarida oʻynagan. Biroq, u milliy terma jamoa yoshiga yetgach Marokashda oʻynashni afzal koʻrdi. U 2015-yilning may oyida AQSH va Latviya terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga birinchi marta milliy terma jamoaga chaqiruv olgandi.
Oʻyin uslubi
Ziyech oʻng qanot yarim himoyachisi boʻlib, toʻp bilan juda yaxshi muomala qila oladi.
Ziyech nafaqat jamoadoshiga tez-tez aniq vaziyatlar yaratib beradi, balki raqib himoyachilarini ancha qiyin holatga solib qoʻyadigan xavfli vaziyatlar yarata oladi. U aql bovar qilmaydigan texnika, tezlikka ega, raqibning eʼtiborini bemalol chalgʻitib qoʻyadi va raqib maydoniga kirmasdan, zarba berish imkoniyatini oʻzi uchun yarata oladi.
Yutuqlari
Ajax Chelsea Shaxsiy sovrinlar Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org