Hakim Zaripov
Hakim Karimovich Zaripov (1924-yil 17-sentyabr Toshkent — 2023-yil 18-yanvar) — oʻzbek-sovet sirk artisti, otliq-chavandoz, ot oʻrgatuvchi. 1980-yilda SSR xalq artisti boʻlgan.
Tarjimai hol
Hakim Zaripov 1924-yil 17-sentyabr Toshkentda Karim Zaripov oilasida sirk artistlari sulolasi asoschisi xonadonida dunyoga kelgan.
1938-yil otasi Karim Zaripov boshchiligidagi „Oʻzbekiston chavandozlari“ ansamblida sirkdagi faoliyatini otliq-chavandoz sifatida boshlagan. 1952-yildan 2006-yilgacha ana shu ansamblni boshqardi.
Mazkur ansambl bilan Rossiyaning koʻpgina shaharlari va chet mamlakatlarida: Bolgariya, Polsha, Chexoslovakiya, Germaniya, Ruminiya, Mongoliya, Vengriya, Finlandiyada xizmat safarlarida boʻlgan.
Glier nomidagi Toshkent musiqa maktabini, (Glier nomidagi Respublika maxsus musiqa akademik litseyi) keyinchalik Toshkent konservatoriyasi (ayni kunda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi) dirijyorlik fakultetini (simfonik boʻlimini) tamomladi.
U sirk jamoalari, dasturlari, turli sirklarning badiiy rahbari sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, yangi sirk qurilishi loyihalari hammuallifi sanaladi.
Koʻplab sirk artistlarini tayyorlagan. „Oʻzbekiston chavandozlari“ ansamblini qayta tuzdi va u yerda shogirdlariga otlarni oʻrgatish va chavondozlik sirlarini oʻrgatdi. Shu paytgacha koʻpgina sirk artistlariga oʻrgatgan, ustozlik qilgandi.
Zaripov 2023-yil 18-yanvarda 99 yoshida vafot etdi.
Sulola vakillari
Mukofot va unvonlar
Aktyorlik ishi
Havolar
uz.wikipedia.org