Hakim Termiziy masjidi
Koordinatalari: 41°19′25.15″N 69°14′14.32″E / 41.3236528°N 69.2373111°E / 41.3236528; 69.2373111 G O
Hakim Termiziy jomeʼ masjidi — Surxondaryo viloyati Termiz shahrida qurilgan masjid. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 10-11- fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogʻida Termiz shahrida yangi masjid loyihasi bilan tanishib, tegishli topshiriqlarni bergan edi.
Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabarlariga koʻra, „Surxon ipagi“ mas’uliyati cheklangan jamiyati buyurtmasiga asosan „Profgrupp“ MCHJ quruvchilari tomonidan barpo etilgan masjid barcha shart-sharoitlarga ega .
2019-yil 24-may kuni muborak Juma kuni Termiz shahrida Islom olamidagi ulugʻ alloma „Hakim Termiziy“ nomidagi yangi qurilgan masjidning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Milliy va zamonaviy meʼmorchilik yechimlari asosida qurilgan masjidning yonida balandligi 41,5 mertli ikki minora qad koʻtargan. 22 mertli salobatli gumbazga ega. Jomeʼ masjidda 2 ming 250 dan ortiq musulmonlarning toat-ibodat amallarini bajarishga moʻljallangan xonaqoh mavjud. Ushbu masjid viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjidda musulmonlar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. U barcha zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan. Masjidning yonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan qurilgan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mavjud. Markazning maqsadi Islom dinini keng targʻib qilish. Masjiddan uzoq boʻlmagan masofada Termiziy meʼmoriy majmui bor. Ushbu majmua Al-hakim at-Termiziy nomi bilan bogʻliq.
Manbalar
Manbalar
uz.wikipedia.org