Hakim Samarqandiy (Abu Nasr)




Hakim Samarqandiy (arabcha: حكيم سمرقندي — Hakim Samarqandiy — Toʻliq ismi: Hakim Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad Samarqandiy
(vafoti 933 yoki 1156-yil)) — muhaddis va faqih.

Hayoti



Hakim Samarqandiy hanafiy ulamolaridan bo‘lgan qonunshunos, faqih va muhaddis.
Hakim Samarqandiyning tarjimayi holi haqida deyarli maʼlumotga ega emasmiz. Hakim Samarqandiyning vafot etgan yili ikki xil ko‘rsatilgan: Dehxudo o‘zining „Lug‘atnoma“ asarida olim 321/933-yil vafot etgan desa, Hoji Xaliyfa „Kashfu-z-zunun“da 550/1156-1157-yillar deb ko‘rsatgan. „Samarqand - olimlar va shoirlar shahri“ riolasining mualliflari esa birinchi fikrga qo‘shiladilar.
Shunday qilib juda kam o‘rganilgan samarqandlik olim Hakim Samarqandiyning fiqh ilmiga oid „Ilmu-sh-shurut va-s-sijjilot“ („Xatga olish va shartlar ilmi“) nomli asar yozganligi maʼlum, xolos.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz