Hakim Karimov




Hakim Karimov (1900-yil, Samarqand – 1938-yil, Toshkent) – Samarqand uyezdining partiya komitetida mas‘ul kotib. Qatagʻon qurboni boʻlgan.

Hakim Karimov 1900-yilda Samarqand viloyatining Siyob volostida tugʻilgan. Oilasi toʻquvchilik bilan shugʻullangan. 1901-yilda otasi vafot etib, onasi qoʻlida qolgan. 8 yoshida yangi usuldagi jadid maktabiga bepul qabul qilingan. Biroq uchinchi sinfni tamomlagach, oilaviy sharoit tufayli oʻqishni tashlab etikdoʻzga shogird tushadi. 1918-yilda bolsheviklar hukumati ochgan oʻqituvchilar kursida oʻqiydi. 1919-yilda kursni tamomlashi bilan Samarqand shahrining Eski shahar qismida boshlangʻich bilim yurtida dars beradi. 1920-yilda qizil armiyaning Buxoro yurishi boshlangach, armiya saflarida ikki oy davomida Buxoro amirligiga qarshi kurash olib borgan.
1922-yilda Samarqand shahridagi ishchi-komsomol yoshlar tashkilotiga oʻqishga kiradi. 1923-yilga kelib Hayrad volostining ijroiya komiteti raisi etib tayinlanadi. 1924-yilning 1-yanvaridan uyezd-shahar partiya komiteti targʻibot boʻlimida mudir oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritadi. 1924-yilning 5-fevralida Samarqand uyezdining partiya komitetida mas‘ul kotib vazifasida ishlaydi. 1925-yilning aprel oyida oblast partiya komiteti tomonidan Jizzax uyezdiga shahar partiya komiteti ixtiyoriga yuboriladi. Keyinchalik Zomin tumani partiya komitetida partiya tashkilotchisi etib tayinlanadi. 1925-yildan oʻshu yilning dekabr oyigacha ishlaydi.

1926-yildan boshlab Jizzax xalq maorif uyida inspektorlik qiladi. 1926-yilning iyun oyida Samarqand viloyat kasaba ittifoqining birinchi syezdida OSPS hay‘ati va madaniy boʻlim mudiri etib saylanadi.

1938-yilning 8-oktyabrda SSSR Oliy Sudi Harbiy kollegiyasining sud majlisida oʻlimga hukm qilinadi. Hukm ijrosi oʻsha kuni taʼminlanib, otib tashlanadi.

Kommunistik partiyaning XX syezdidan soʻng realibitatsiya qilingan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz