Hakim Berdiyev
Hakim Eshbaevich Berdiyev — oʻzbek davlat arbobi, 1992-yil 24-fevraldan 1993-yil 13-aprelgacha Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlagan.
Tarjimai holi
1938-yil 10-mayda Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, Tupar qishlogʻida tugʻilgan.
1960-yilda Oʻrta Osiyo politexnika institutini tamomlagan.
1962-yildan 1991-yilgacha KPSS aʼzosi hisoblangan. 1960-yildan (9 yil davomida) Sherobod tuman qishloq xoʻjaligi boshqarmasi bosh muhandisi lavozimida ishlagan. 1969-1985-yillarda — Surxondaryo viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlagan. Keyinchalik, 1985-yilda Sherobod RK KPU birinchi kotibi, 1989-yilda esa KPU Surxondaryo viloyat komiteti birinchi kotibi boʻlib ishlagan.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1992-yildan 1993-yil 15-aprelgacha Surxondaryo viloyati hokimi boʻlgan.
1993-yil 15-aprelda Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hokimi etib tayinlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org