Hakeeb Adelakun
Hakeeb Adeola Abiola Ayinde O.O.J. Adelakun (talaffuzi: Hakib Adeola Abiyola Ayinde) (1996-yil 11-iyunda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Hakeeb Adelakun „Gillingham“ futbol klubida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Scunthorpe United
Hakeeb Adelakun „Crystal Palace“ va „West Ham United“ futbol klublarining yoshlar jamoalarida tarbiyalangan. Keyinchalik, yoshlar futboli „Scunthorpe United“ futbol klubi tarkibiga qoʻshilgan. Hakeeb Adelakun klub safidagi ilk oʻyinini 2012-yilning 29-dekabrida Prenton Parkda „Tranmere Rovers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Hakeeb Adelakun 16 yosh-u 201 kunligida maydonga tushgan klubning eng yosh futbolchisiga aylandi.
Hakeeb Adelakun 2013—2014-yilgi mavsumda 28 ta oʻyinda maydonga tushgan va 2 ta gol urgan. Bu mavsumda „Scunthorpe“ futbol klubi Birinchi ligaga koʻtarilgan edi. 30-noyabr kuni Hakeeb Adelakun „Scunthorpe“ klubi uchun oʻzining birinchi golini „Torquay United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (3:1) kiritgan. Hakeeb Adelakun 2017-yil dekabr oyida EFL ligasida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Bristol City
2018-yil iyul oyida, „Scunthorpe“ klubidagi shartnoma muddati tugaganidan soʻng, Hakeeb Adelakun chempionat vakili „Bristol City“ futbol klubiga uch yillik shartnoma asosida qoʻshilgan.
Hakeeb Adelakun 2020-yilning 9-yanvarida „Rotherham United“ futbol klubi bilan 2019—2020-yilgi mavsum oxirigacha amal qiladigan kelishuv imzolashga erishgan
2020-yilning 24-sentyabrida Hakeeb Adelakun „Hull City“ futbol klubi bilan mavsumiy ijara shartnomasini imzolagan. Hakeeb Adelakun 2020-yilning 26-sentyabr kuni „Northampton Town“ klubi mehmoni boʻlib, „Hull City“ klubi safida birinchi oʻyinini oʻtkazgan. Hakeeb Adelakun klubdagi birinchi golini 2020-yil 3-oktyabrda „Plymouth Argyle“ futbol klubiga qarshi (1:0 hisobida gʻalaba) oʻyinda kiritgan. 2021-yil 4-yanvarda Hakeeb Adelakun „Bristol City“ futbol klubi tomonidan chaqirib olingan.Shu bilan Hakeeb Adelakunning „Hull City“ klubidagi ijara shartnomasi muddati nihoyasiga yetgan.
2021-yilning 14-mayida Hakeeb Adelakun shartnoma muddati tugaganidan keyin „Bristol City“ futbol klubini tark etgan.
Lincoln City
2021-yil 26-iyulda Hakeeb Adelakun uzoq muddatli shartnoma asosida „Lincoln City“ futbol klubi jamoasiga qoʻshilgan. Hakeeb Adelakun „Lincoln City“ klubidagi debyut oʻyinini mavsumning birinchi kunida, „Gillingham“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Hakeeb Adelakunning klubdagi birinchi goli 2021-yil 31-avgust kuni „Bradford City“ futbol klubi darvozasiga urilgan.
Gillingham FC
2022-yil 15-avgustda Hakeeb Adelakun mavsum uchun ijara asosida „Gillingham“ futbol klubiga oʻtgan.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org