Hakan Çalhanoğlu




Hakan Çalhanoğlu (talaffuzi: Hakan Chalhanog'lu) (1994-yil 8-fevralda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbolchi, A seriyada „Inter“ klubi va oʻzi sardorlik qiladigan Turkiya milliy terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. U jarima zarbalari bilan tanilgan.

U oʻz faoliyatini 2010-yilda Germaniyaning ikkinchi divizioni "Karlsruher SC" klubida boshlagan va ikki yildan soʻng yuqori darajadagi „Hamburg“ga oʻtgan va yana bir mavsumni ijara asosida oʻzining birinchi klubida oʻtkazgan. U 2014-yilda 14,5 million yevro evaziga Bayer Leverkuzenga transfer boʻlgan. U yerda uch mavsum oʻynagan, 115 ta rasmiy oʻyinda jami 28 ta gol urgan. 2017-yilda u „Milan“ ga 20 million yevro evaziga transfer qilingan.

Germaniyada tugʻilgan Hakan Çalhanoğlu 16 yoshdan boshlab Turkiyani xalqaro miqyosda himoya qilishni tanlagan. U 2013-yilda oʻzining debyutini oʻtkazgan va UEFA Yevro-2016 va Yevro-2020da asosiy tarkibga kiritilgan.

Klubdagi faoliyati



Karlsruher SC



Baden-Vyurtembergning Mannheim shahrida tugʻilgan Çalhanoğlu oʻz faoliyatini Karlsruher SCda boshlagan. U 2012-yil yozgi transfer oynasida Hamburger SV bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan va yana bir mavsumga Karlsruher SCga ijaraga berilgan. Oʻsha mavsumda ijara asosida u jamoaga uchinchi divizionda gʻalaba qozonishiga va ikkinchi darajaga qaytishiga yordam bergan.

Hamburger SV



Çalhanoğlu Hamburg va Bundesligada debyutini 2013-yilning 11-avgustida oʻtkazgan, jamoa mavsumni safarda "Schalke 04" bilan 3:3 hisobida durang bilan boshlagan. U oʻyinni asosiy tarkibda boshlagan va 74 daqiqada uning oʻrniga Dennis Aogo tushgan. U klubdagi ilk gollarini 31-avgust kuni Braunshveygning "Ayntraxt "iga qarshi oʻyinda (4:0) kiritgan. Oʻsha oʻyinda Çalhanoğlu dubl qayd etgan.

2014-yilning 5-fevralida Çalhanoğlu Hamburg bilan shartnomasini ikki yilga uzaytirib, klubda 2018-yilgacha qolgan. 20-fevral kuni u „Borussiya Dortmund“ ga qarshi oʻyinda 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. U 22-mart kuni VfB Stuttgartdan 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan uchrashuvning 53-daqiqasida ikkinchi marta sariq kartochka tufayli faoliyatida ilk bor qizil kartochkani olgan.

Hamburgdagi oʻzining toʻliq mavsumida jamoa 16-oʻrinni egallagan va Greuther Fürthga qarshi pley-offda mehmonda gʻalaba qozongan.

Bayer Leverkusen




Hamburg dastlab Çalhanoğluni boshqa nemis jamoalariga sotishni istamagan. 2014-yilning 4-iyulida u Hamburgni tark etib, ligadagi raqibi Bayer Leverkusenga 14,5 million yevro evaziga besh yillik shartnoma asosida qoʻshilgan.

U 19-iyun kuni UEFA Chempionlar Ligasi saralash pley-offining birinchi oʻyinida Kopengagenda 3:2 hisobida gʻalaba qozongan holda klub uchun debyut qilgan. Toʻrt kundan soʻng, u oʻzining yangi klubi uchun birinchi liga oʻyinini oʻtkazgan, yangi mavsumning ochilish kunida Dortmundning „Borussiya“ klubi mehmoni boʻlib 2:0 hisobida gʻalaba qozonishgan. 27-avgust kuni u oʻzining birinchi golini urgan oʻshanda Yevropa ligasi pley-offining javob oʻyinida 4:0 hisobida gʻalaba qozongan holda jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilgan. U 12-sentyabr kuni klub uchun birinchi liga golini „Werder“ga qarshi oʻyinda kiritgan. Çalhanoğlu 2014-yil oktyabr oyida Golden Boy mukofotiga nomzod boʻlgan.

2015-yilning 25-fevralida u Chempionlar ligasining 1/16 final birinchi oʻyinida Leverkusenliklar Atletiko Madridni magʻlubiyatga uchratganida yagona golni urgan. Biroq, uch hafta oʻtgach, ikkinchi oʻyinda u penaltilar seriyasida birinchi zarbani bergan va uni Yan Oblak qaytargan, oʻyinda Atletiko gʻalaba qozongan. 2-may kuni Çalhanoğlu oʻz maydonida "Bavariya" magʻlubiyatga uchratilganda gol muallifiga aylangan.

U klubdagi ikkinchi mavsumini 8-avgust kuni DFB-Pokal birinchi davrasida toʻrtinchi toifadagi Sportfreunde Lotte bilan oʻyinda 3:0 hisobidagi gʻalabada penaltidan gol urish orqali boshlagan. Ikki hafta oʻtgach, jarima zarbasi bilan u Hannover 96 darvozasiga jamoasiga gʻalaba keltirgan golni kirtigan. 26-avgust kuni u "Latsio" ustidan 3:0 hisobidagi gʻalabada birinchi golni urgan. Guruh bosqichining birinchi oʻyinida Çalhanoğlu BATE Borisov uy stadionida 4:1 hisobida jamoasining ikkita goliga mualliflik qilgan.

U oʻzining 2016/17-yilgi mavsumdagi gollari hisobini 14-sentyabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichida Moskvaning CSKAga qarshi oʻyinida (2:2) ochgan — bu uning katta klub faoliyatidagi 50-goli boʻlgan.

2017-yilning 2-fevralida Çalhanoğlu „Karlsruher“dagi faoliyati bilan bogʻliq shartnomani buzgani uchun FIFA tomonidan toʻrt oyga diskvalifikatsiya qilingan. U 2011-yilda Turkiyaning „Trabzonspor“ klubi bilan shartnoma imzolashga rozi boʻlgach, 100 000 yevro olgan, ammo keyinroq Karslruher bilan shartnomasini uzaytirgan. „Trabzonspor“ dastlab toʻlangan 100 000 yevroni hamda 1 million yevro tovon pulini qaytarishni soʻragan edi, ammo FIFA 100 000 yevro va toʻrt oylik diskvalifikatsiya yetarli deb qaror qilgan.

Milan



2017-yilning 3-iyulida Çalhanoğlu A Seriya klubi "Milan" bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan. Transfer puli dastlabki 20 million yevrodan, 24 million yevroga koʻtarilgani xabar qilingan. Unga klubning nufuzli 10-raqamli libosi berilgan, bunga avvalroq Janni Rivera, Ruud Gullit, Deyan Savichevich, Zvonimir Boban, Rui Kosta va Klarens Zeedorflar loyiq koʻrilgan.

U bir oy oʻtgach, Yevropa ligasi uchinchi saralash bosqichining ikkinchi oʻyinida „Milan“ safida debyut qilgan va San-Siroda „Universitatea Craiova“ ustidan 2:0 (jami 3:0) hisobidagi gʻalabaning soʻnggi 25 daqiqasida Susoning oʻrniga maydonga tushgan. U „Milan“ safidagi ilk golini 14-sentyabr kuni guruh bosqichida Avstriya -Venaga qarshi safarda 5:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda kiritgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. 20-avgust kuni Çalhanoğlu ligadagi debyutini oʻtkazgan va 90 daqiqa davomida harakat qilib „Krotone“ni 3:0 hisobida magʻlub etishda jamoasiga yordam bergan. U 1-oktabr kuni „Roma“ga qarshi oʻyinda (2:0) maydondan chetlatilgan. Çalhanoğlu oʻzining birinchi ligadagi golini 25-oktyabr kuni „Kyevo“da 4:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda urgan va 2003-yilda Emre Belozogʻludan keyin A Seriyada gol urgan birinchi turk futbolchisi boʻlgan.

Inter Milan



2021-yilning 22-iyunida Çalhanoğlu A Seriyadagi avvalgi klubiga raqib boʻlgan „Inter“ klubi bilan bepul transfer boʻyicha uch yillik shartnoma imzolagan.

Çalhanoğlu „Inter“dagi debyut uchrashuvida, A Seriyaning 2021/2022-yilgi mavsumining ochilish kunida „Genoa“ ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonganida gol urgan va golga assistentlik qilgan. U ligada yettita gol urgan va oʻn ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. "Juventus"ga qarshi Italiya kubogining soʻnggi daqiqalarida gol urib jamoasiga keyingi bosqichga chiqishga yordam bergan, ammo uning sobiq jamoasi „Milan“ chempionlikni qoʻlga kiritgan.

Xalqaro faoliyat



Germaniyada tugʻilgan Çalhanoğlu Turkiya terma jamoasida oʻynashni afzal koʻrgan va oilasining kelib chiqishi Trabzonda boʻlgan. U mamlakat uchun yoshlar oʻrtasidagi xalqaro miqyosda, jumladan, 2013-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida qatnashgan.

2013-yilning 6-sentyabrida Kayserida boʻlib oʻtgan Jahon chempionati saralashida Fatih Terim bosh murabbiyligidagi ilk oʻyin Andorraga qarshi kechgan. U Turkiya 5:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinning soʻnggi sakkiz daqiqasida Goʻkhan Toʻrening oʻrniga maydonga tushgan. U 2014-yilning 25-may kuni Dublindagi Aviva stadionida Irlandiya Respublikasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, 61-daqiqadan soʻng Olcan Adinga almashtirilgan.

2015-yil 31-mart kuni Çalhanoğlu oʻzining ilk xalqaro golini Lyuksemburgga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (2:1) kiritgan. U 8-iyun kuni Bolgariya bilan oʻrtoqlik oʻyinida (4:0) yana ikkita gol urgan.  Uning birinchi rasmiy oʻyindagi goli 10-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan UEFA Yevro-2016 saralash bosqichida Chexiyaga qarshi oʻyinda kiritilgan. Oʻshanda Turkiya mehmonda 2:0 hisobida gʻalaba qozongan.

Shaxsiy hayoti



Çalhanoğlu 2017-yilda Mannheimda bolalikdagi sevgilisi Sinem Gyundogʻdu bilan oila qurgan. Juftlikning 2019-yil mart oyida Mannxeimda qizi Liyani tugʻilgan.

Hakanning ukasi Muhammad ham professional futbolchi. Kichik Çalhanoğlu ham Waldhof Mannheim va Karlsruher SCda tahsil olgan. Avstriya va Turkiya futbolining quyi divizionlarida oʻynashni davom ettirmoqda.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlar



Karlsruher SC

Inter Milan

Shaxsiy yutuqlar

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz