Hajviy(komik) roman




Hajviy roman - bu hajviy xususiyatga ega roman. Ko'plab taniqli mualliflar, jumladan, P. G. Wodehouse, Henry Filding, Mark Tven va John Kennedy Toole kabilar bu janrda asarlar yozishgan. Hajviy romanlar ko'pincha muallifning adabiy qarashi bilan belgilanadi, va, muhokama qilingan mavzularning jiddiyligidan qat'iy nazar, asarning mazmunini asar syujetida kulgili yoki satirik yo'nalishda yetkazib bera olishi zarur bo'ladi. Garchand ko'pgina romanlarda hajviy yoki kulgili parchalar bo'lishi mumkin bo'lsa-da, bu janrni haqiqiy hajviy romanligini ko'rsatadigan xususiyati -komediya ora-orada ko'zga ko'rinadigan element emas, balki hikoyaning asosi bo'lish vazifasini o'ziga oladi. Adabiyotshunoslar aynan shu asosga binoan bunday turdagi asar tahlilini qiladilar. Masalan, Mark Tvenning aslida, satirik talqin qilingan hikoyasi tom ma'nodagi romanistik syujetdan boshqacha tushunilishi kerak. Birinchi marta amerika komikslari 1930-yillarda mashhurlikka erishishni boshladi va bir necha yillar davomida odamlar orasida har xil qabul qilindi. So'nggi paytlarda komikslar bozori tobora kengayib bormoqda. Bosma hamda raqamli komikslar sotuvi ham doimiy ortib bormoqda. "O‘rgimchak odam"dan tortib, “Qasoskorlar”gacha bo‘lgan "Qahramon Ayol"gacha bo‘lgan filmlar odamlarga komikslarning superqahramonlari va hikoyalari qanday bo'lishi haqida bir tushuncha berishi mumkin. Komiks va grafik romanlarni yozishda ularni bir-biridan ajratish juda muhim sanaladi. Shuningdek, maqsad qilingan auditoriyaning demografiyasini tushunish kerak. Komiks - bu "komikslar ketma-ketligini o'z ichiga olgan jurnal" . O'rtacha zamonaviy komiks o'ttiz ikki sahifani o'z ichiga oladi, yigirma ikki sahifa komikslar va o'n sahifa reklamalar. Standart sahifa o'lchami 6,625 x 10,25 ni bo'ladi, va, har bir sahifada to'rtdan oltitagacha matn qatori mavjud bo'ladi. Komikslarning ko'plab turlari mavjud, masalan, mini-seriyalar, bir seriyalik va davomiy komikslar. Mini-seriyalar 4-6 ta seriya yoxud qismdan iborat bo'ladi. Bir seriyalik komiks bir butun hikoyani o'z ichiga olib, yigirma ikki sahifadan tashkil topadi. Davomiy komiks - bu oldindan ma'lum bo'lgan, lekin oxiri bo'lmagan va to'xtatilguniga qadar davom etadigan komiks.

Hajviy romanlarning taniqli mualliflari



Ingliz



Eng ko'zga ko'ringan britaniyalik komiks mualliflaridan biri P. G. Wodehouse bo'lib, uning asarlari Jerome K. Jerome, George Grossmith, and Weedon Grossmithning asarlaridan ta'sirlanib yozilgan.

Saki faoliyati ham e'tiborga molik sanaladi, garchand karyerasi Birinchi Jahon urushi bilan tugagan bo'lsa ham.

Genri Fildingning “The History of Tom Jones, a Foundling” asari 18-asr oʻrtalarida komik janr sifatida mashhur asar edi.

Irland



Ba'zilar Jeyms Joysning "Uliss"ini hajviy roman deb ham bilishadi.

Amerikalik



Amerikaning taniqli hajviy romanchilari orasida Mark Tven, Richard Brautigan, Philip Roth, John Kennedy Toole, James Wilcox, John Swartzwelder, Larry Doyle, Jennifer Weiner, Carl Hiaasen, Joseph Heller, Peter De Vries, Kurt Vonnegut, Terry Southern, and Christopher Moore.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz