Hajar Abulfazl
Hajar Abulfazl (1993-yilda tugʻilgan) — Afgʻonistonlik shifokor hamda Afgʻoniston ayollar futbol terma jamoasining sobiq sardori va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yoshlar Assambleyasining sobiq delegati.
Yoshliki yillari
Abulfazl Qobulda tugʻilgan va 12 yoshida futbol bilan shugʻullana boshlagan. U oʻz maktabidagi ayollar futbol jamoasiga qoʻshilgan. U Afgʻoniston ayollar terma jamoasi sardori darajasigacha koʻtarilgan va 2009-yilning mayidan 2017-yilning yanvarigacha oʻn yilga yaqin vaqt davomida Afgʻoniston ayollar terma jamoasiga sardorlik qilgan.
Futbolchilik faoliyati
U 2010 va 2012-yillarda Janubiy Osiyo Futbol Federatsiyasi chempionatida ishtirok etgan. U yarim himoyada oʻynagan va Afgʻoniston futbol federatsiyasi ayollar qoʻmitasi rahbari lazvozimida faoliyat yuritgan (2012—2014).
2016-yilda Abulfazl Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qishki Yoshlar Assambleyasida Afgʻoniston delegati boʻlgan. 2017-yil iyul oyida u qiyinchiliklarga va sinovlarga duch kelgan vaqtdagi shaxsiy jasoratlari uchun „Sportdan jasoratli foydalanish“ mukofoti bilan taqdirlangan. U oʻz mamlakatining 17 yoshgacha boʻlgan qizlar futbol jamoasiga ustozlik qilgan.
Abulfazl sportchi boʻlishga qaror qilganida ota-onasi qoʻllab-quvvatlagan, biroq uning oilasining boshqa aʼzolari bunga rozi boʻlmagan. U afgʻon qizlari va ularning ota-onalariga sport yutuqlari din va maʼdaniyatning talablariga xech qanday qarshilik koʻrsatmasdan ularga mos kelishini koʻrsatish uchun futbol oʻyinlarida hijob kiygan. U Afgʻonistondagi qizlarni kuchaytirish uchun futboldan foydalangan.
Shifokorlik darajasi
Abulfazl Xatam-an-Nabiin universitetida tahsil olgan va u yerda 2017-yilda tibbiyot darajasida diplom olgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org