Haj surasi




Haj surasi (arabcha: سورة الحج, nomining maʼnosi — Haj[9][10]) — Qurʼonning 22-surasi. Madaniy suralardan biri, 78 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 332–341-sahifasida va 17-juzida joylashgan. 103-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy mavzusi



Sura dillar dahshatga tushib, aqllar adashadigan, ona emizayotgan goʻdagini unutib,
homilador ayol homilasini tashlab yuboradigan Qiyomat oldi dahshatlarini tasvirlash bilan boshlanadi va oʻz hayotlarini Tangri taolo buyurgan dini Islom ahkomlariga amal qilish bilan oʻtkazgan kishilar uchun oʻsha Kunda ham hech qanday xavf-xatar
boʻlmasligi, dinu iymonsiz tirikchilik qilib oʻtgan kimsalar esa U Kunda xoru rasvo boʻlishlari taʼkidlanadi.

Maʼlumki, agar Makkada nozil qilingan suralarda soʻz asosan iymon, eʼtiqod haqida
ketsa, Madinada nozil qilingan suralarda gʻoliban shariati Islomiyyadagi qonun-qoidalar zikr qilinadi. Inchunun ushbu sura ham bundan mustasno emas. Bu surada Islom dinining besh asosiy ruknidan biri boʻlmish Haj ibodati va Odam alayhis-salomdan qolgan «Eski Uy — Baytulloh» xususida ancha batafsil bayon qilinadiki, suraning «Haj» deb nomlanishiga ham sabab shudir.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz