Haitam Aleesami




Haitam Aleesami (talaffuzi: Haysham Alesami; 1991-yil 31-iyulda Norvegiyada tuʻgilgan) — kelib chiqishi marokashlik boʻlgan norveg futbolchisi Kiprning „Apollon“ futbol klubi va Norvegiya terma jamoasi himoyachisi .

Klublardagi faoliyati



Haitam „Skeid“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi. 2010-yilda ikkinchi ligada asosiy jamoa safida debyut qilgan va oradan bir yil oʻtib „Ikkinchi ligada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi“ unvoniga sazovor boʻlgan. 2012-yilning yozida u „Fredrikstad“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 5-avgust kuni „Tromso“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Norvegiya chempionatida debyut qilgan. Birinchi mavsumda uning jamoasi quyi ligaga tushib ketgan. 2013-yil 8-aprelda Aleesami Norvegiya divizionida „Hödd“ futbol klubiga qarshi bahsda debyut qilgan. Xuddi shu oʻyinda u „Fredrikstad“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan.

2015-yil boshida Aleesami Shvetsiyaning „Göteborg“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 5-aprel kuni „Åtvidaberg“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Shvetsiya chempionatida debyut qilgan. 16-avgust kuni „Häcken“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda u „Göteborg“ futbol klubi safida ilk golini urgan. Oʻsha yili u klubga Shvetsiya kubogini yutishda yordam bergan.

2016-yilning yozida Aleesami Italiyaning „Palermo“ futbol klubiga oʻtgan. 21-avgust kuni „Sassuolo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Italiya chempionatida debyut qilgan.

17-oktyabr kuni u Rossiyaning „Rostov“ futbol klubi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan. Shartnomada futbolchining ijara muddatini yana yangi muddatga uzaytirish shartiga kelishilgan.

Xalqaro faoliyati



2015-yil 19-oktyabrda 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida Maltaga qarshi oʻyinda Aleesami Norvegiya terma jamoasi safida debyut qilgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz