Hafta
Hafta — (forscha haft — yetti) — koʻpchilik taqvimlarda yetti kundan iborat vaqt birligi.
Hafta (fors.-toj.) — vaqt oʻlchov birligi. Yetti sutka (dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba) dan iborat. H. deyarli barcha xalqlarda qadimdan mavjud. Yetti kunlik H. dastlab Sharkda qoʻllangan, milodiy 1-asrdan Rimda ishlatilgan. Qadimda xalqlar nazarida 7 raqami gʻayri tabiiy "muqaddas" son hisoblangan. Astronomik jihatdan esa H. oy fazalariga qarab belgilangan. Mas, qadimgi bobilliklar.oy fazasining taxminan 29,5 kunda oʻzgarib turishini aniqlaganlaridan soʻng oy deb atalgan vaqt oʻlchovi birligi boʻlganligi uchun 1 oyning har biri 7 kunga teng cho-rakka boʻlingan. Baʼzi xalqlarda besh kunlik va oʻn kunlikdan iborat H. boʻlinishlari boʻlgan; mas, oʻn kunlik H. (dekada) qadimgi misrliklarda, keyinchalik fransuz burjua inqilobi kalendarida mavjud boʻlgan (qarang Kalendar).
Shuningdek, qarang:
Hafta kunlari Dushanba | Seshanba | Chorshanba | Payshanba | Juma | Shanba | Yakshanba
Havolalar
uz.wikipedia.org