Hafsa bint Umar
Hafsa bint Umar (arabcha: حفصة بنت عمر; tax. 605-665), islom paygʻambari Muhammadning ayoli edi. U, shuningdek, Rashidun xalifaligining ikkinchi xalifasi Umar ibn al-Xattabning qizi. Islom yozuvlarida uning ismi koʻpincha „Moʻminlar onasi“ (arabcha:أمّ المؤمنين, ʾumm al -muʾminīn) unvoni bilan qoʻshib yoziladi.
Yoshlik davri
Hafsa Umar ibn al-Xattob va Zaynab binti Madhuvning qizi va katta farzandi edi. U „Paygʻambar yuborilishidan besh yil oldin Quraysh Kaʼba uyini qurayotganda“, yaʼni 605-yilda tugʻilgan.
Nikoh
U Xunais ibn Huzayfaga turmushga chiqqan, ammo 624-yilning avgustida beva qolgan.
Hafsa kutish muddatini tugatgandan soʻng, otasi Umar uning qoʻllarini Usmon ibn Affonga, keyin esa Abu Bakrga uzatishni taklif qildi lekin ikkalasi ham uni rad etishdi. Umar Muhammadning oldiga borib, bundan shikoyat qilganida, Muhammad: „Hafsa Usmondan yaxshiroqga, Usmon esa Hafsadan yaxshiroqga uylanadi“, deb javob berdi.
Muhammad hijriy 3-shabonda (625 yil yanvar oxiri yoki fevral boshi) Hafsaga uylandi. Bu nikoh „ Bu Paygʻambarga, endi uning qaynotasi boʻlgan Umar bilan ittifoq qilish imkoniyatini berdi.“
Eʼtiborga molik ish
Usmon xalifa boʻlgach, Qur’on matnini standartlashtirishda Hafsa nusxasidan foydalangan. Yana Muhammaddan oltmish hadis rivoyat qilgani aytiladi.
Vafoti
U hijriy 45-yil shabon oyida, yaʼni 665-yilning oktabr yoki noyabrida vafot etgan. U al-Baqiyda boshqa moʻmin onalari yoniga dafn etilgan.
Zid qarashlar
Sunniy qarashlar
Hafsa sunniylar tomonidan olim va izlanuvchan deb koʻriladi. U imonlilarning onasi sifatida ham hurmatga sazovor.
Shia qarashlar
Shialarning qarashlari sunniylikdan ancha farq qiladi. Aksariyat oʻn ikki shia Hafsani otasi Umarning xalifaligini qoʻllab-quvvatlagani uchun tanqid qiladi.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org