Hafiza Ortiqova




Hafiza Toʻymurodovna Ortiqova (1976-yil 24-dekabr, Buxoro tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, biologiya fanlari doktori, professor.

Biografiyasi



Hafiza Ortiqova 1976-yil 24-dekabr Buxoro tumanida tugʻilgan. 1992—1997-yillarda Buxoro davlat universitetini tamomlagan. 1997—2001-yillarda Buxoro davlat universiteti oʻqituvchisi, 2001—2003-yillarda Buxoro davlat universiteti Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2006—2011-yillarda Kimyo-biologiya fakulteti oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari, 2011—2013-yillarda Kimyo-biologiya fanlar fakulteti dekani, 2013—2015-yillarda Tabiiy fanlar fakulteti dekani vazifasida ishlgan. 2019-yildan Agronomiya va biotexnologiya fakulteti dekani hamda agronomiya va tuproqshunoslik kafedrasi professori.

Ilmiy faoliyati



100 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. 2005-yilda „Buxoro vohasi tuproqlarining sugʻorish taʼsirida oʻzgarishi“ mavzusida nomzodlik, 2019-yilda „Buxoro vohasi tuproqlarining evolyutsiyasi, ekologiyasi va tuproq unumdorligini oshirish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz