Hafiz Asad
Hofiz al-Asad (arabcha: حافظ الأسد Ḥāfiẓ al-ʾAsad; 1930.6.10, Loziqiya viloyati, Qardoha shahri — 2000.10.6, Damashq) — Suriyaning davlat va siyosat arbobi, armiya generali (1968). Dehqon oilasida tug‘ilgan. 1955 y. Halab shahridagi Harbiy-havo kuchlari kollejini tugatgan. 1964 — 70 yillarda Suriya Arab Respublikasi (CAP) Harbiy-havo kuchlari va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari qo‘mondoni, ayni paytda 1966 y.dan mudofaa vaziri. 1970 y. noyabrdan SAR bosh vaziri va mudofaa vaziri. 1971 y.dan SAR prezidenti va Arab sotsialistik uyg‘onish partiyasi bosh kotibi. 1971-yil 12-martdan to 2000-yil 10-iyungacha Suriya prezidenti lavozimida ishlagan..
Sh. qarang
Manbalar
Andoza:Suriya Prezidentlari
Andoza:Suriya Bosh vazirlari
uz.wikipedia.org